Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqima-bosqich ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq:
Xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularni sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari;
Xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularning sohaga bandligini bosqichma-bosqich ta’minlash tizimini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, asosiy parametrlar doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar 2025 yilda Davlat byudjetidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Asosiy parametrlarga muvofiq qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning bandligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024 yil 3 maydagi PF-72-son Farmoniga muvofiq ustuvor ravishda 105 ming gektar yer maydonida yangi tutzorlar barpo etish va dala chetlarida yangi tut ko‘chatlari ekish hisobiga hamda pillachilik klasterlari, ipak qurti urug‘chiligi korxonalari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga mavsumiy hamda doimiy ishlarga qabul qilish orqali taminlanadi.
Qarorda xotin-qizlarning pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish uchun vaktinchalik joy ajratish, Xitoy, Vetnam, Hindiston va Yaponiya davlatlaridan ipakchilik sohasidagi mutaxassislarni o‘quv kurslariga jalb qilinishi belgilangan.
Pillachilik sohasida band bo‘lgan fuqarolarning ma’lumotlari “yangiish.mehnat.uz” platformasiga kiritib boriladi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi asosiy parametrlarga muvofiq pillachilik sohasida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilinganligi hisobini “yangiish.mehnat.uz” platformasi orqali yuritib boradi.
O‘zA