Xorvatiya Shengen hududiga kiradi
Xorvatiya 2023 yil 1 yanvardan boshlab Shengen xududiga qo‘shiladi, deb xabar berdi “Euronews”. Xususan, mamlakat poytaxti Zagreb shahri shimoliy qo‘shnilari bo‘lmish Sloveniya va Vengriya bilan chegara nazoratini bekor qiladi.
Hozircha bu ikki mamlakatdan Xorvatiya Respublikasiga o‘tayotgan barcha shaxslar tekshiruvdan o‘tkazib kiritiladi. Davlat chegarasini jami 6 500 nafar politsiyachi qo‘riqlaydi.