Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ko‘plab xorijlik talabalar tahsil oladi. Ayniqsa, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya kabi davlatlardan talabalar o‘zbek tilini o‘rganish uchun kelishadi.

Hozirgi kunda Yaponiya hamda Xitoydan kelgan talabalarga Shirin Sodiqova o‘zbek tilini o‘rgatyapti.  

—Bu yilgi xorijlik talabalar 14 nafarni tashkil etadi. Shundan 7 tasi xitoylik, qolgan 7 nafari yaponiyalik, — deydi Shirin Sodiqova. — Xorijlik talabalar universitetimizga kelganlaridan so‘ng bu yerdagi talabalar bilan musobaqalashib, til o‘rganishda bir-birlaridan o‘zishga harakat qiladi. Albatta, ularga ustozlar, o‘zbek talaba-yoshlarimiz ham qo‘llaridan kelgancha yordam berishadi.  

Talabalarimiz universitet yotoqxonasida yashashadi. Ko‘proq vaqtlarini o‘zbek talabalari davrasida o‘tkazishadi. Xorijlik talabalar faqat til o‘rganish bilan cheklanib qolmay, madaniyatimiz, urf-odatlarimizni ham o‘rganishadi.  

Yaponiyalik talabalarimiz dutorchilar ansamblini tuzib olishgan. Hozir dutordan saboq olishyapti. Ikki yildan buyon xorijlik talabalar o‘rtasida “Ona tilim qalbim tarjimoni” deb nomlangan ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi. Respublika miqyosida tashkil etiluvchi tanlovning bu yilgi final bosqichida yaponiyalik Rinka Yagame ismli qizimiz g‘olib bo‘ldi.  

<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/21A2f-HUxvQ" title="Xorijlik talabalardan o`zbekcha tabrik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Buni ularning o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari hosilasi deb o‘ylayman.  

O‘zAning YouTube sahifasiga joylangan quyidagi videoda Yaponiya hamda xitoylik talabalarning o‘zbek xalqiga yo‘llagan bayram tabrigini ko‘rishingiz mumkin.  

N.Rahmonova,

A.Sodiqov (video), U.To‘xtayev (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik talabalardan o‘zbekcha tabrik (+video)