Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida xorijlik talabalar uchun masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yildi.

bugungi kunda o‘zbek tilini dunyo miqyosida keng yoyish, chet mamlakatlarda yashayotganlar uchun o‘zbek tilini o‘rganish imkoniyatini kengaytirish borasida oliy ta’lim sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Xorijiy OTMlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ular bilan o‘qituvchi va talabalar bilan almashinuvni yo‘lga qo‘yish, xorijlik professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, xorijdagi o‘zbek tili fakultetlari markazlari va maktablarini kadrlar bilan ta’minlash - shunday ishlar sirasiga kiradi.

Bu borada Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti yetakchi oliy ta’lim muassasasidir. 2021-2022 o‘quv yilidan universitetda ilk bor xorij talabalari uchun o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli yo‘lga qo‘yildi. Bakalavr mutaxassisligiga 15 nafar, magistratura yo‘nalishiga 50 nafar talaba suhbat asosida qabul qilindi. 

Ushbu talabalar ichida AQSH, Rossiya, Polsha, Italiya, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Pokiston, Hindiston, Afg‘oniston va boshqa davlatlar fuqarolari bor. Bu yil ular ilk marta o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyatini masofadan turib o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul qilingan talabalar birinchi o‘quv semestrida o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganadi. Bunda o‘zbek tilini o‘rganishning o‘qib tushunish, tinglab tushunish, gapirish, yozish, grammatik, leksik ko‘nikmalarini rivojlantirishga ahamiyat beriladi. Darslarni universitetning tajribali professor-o‘qituvchilari olib bormoqda.

D. Mamatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik talabalar uchun masofaviy ta’lim yo‘lga qo‘yildi