Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituviga Toshkent shahar Iqtisodiy sudining 2022 yildagi ijro varaqasiga asosan “S.I.E.Co.Limited” nomli xorij kompaniyasi foydasiga qarzdor Avto t.d. mas’uliyati cheklangan jamiyatdan yetkazib berilgan uskunalar uchun undiruv hujjati kelib tushgan.

Unga ko‘ra qarzdor Avto t.d. MCHJdan 98.250 AQSH dollari miqdorida  asosiy qarz, 1000 AQSH dollari miqdorida penya, 24 mln. 385 ming so‘m davlat boji hamda 21 600 so‘m pochta xarajatlari undirish belgilangan.  

Ijro harakatlari davrida qarzdor korxonadan undiruvchi chet el kompaniyasi foydasiga ixtiyoriy muddatda katta miqdordagi qarzni qoplash maqsadida qonunga ko‘ra 15 kun berildi.  

Lekin korxona qarzni qoplamaganidan so‘ng, MIBning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.  

Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdorga tegishli bo‘lgan 5 turdagi turli xil avtotransport vositalari va ko‘chmas mulk ob’ekti aniqlanib, taqiq qo‘yilgan.  

Qarzdorga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektini xatlash orqali qarz summalari to‘liq undirilib, ijro ishi tamomlandi.  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijlik tadbirkor foydasiga salkam 100 ming AQSH dollari undirib berildi