Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Qonunda fuqarolar o‘rtasida chet el valyutasida qarz berishni notarial tasdiqlash orqali amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, chet el valyutasida qarz berish va qaytarib olish bo‘yicha shartnoma tuzishga ruxsat etilmagan va bu fuqarolar tomonidan chet el valyutasida qarz oldi-berdisini amalga oshirishga cheklovlarni vujudga keltirayotgan edi.

Biroq amaliyotda fuqarolar tomonidan chet el valyutasida qarz kelishuvlari tuzish holatlari ko‘p uchrab, ushbu cheklovlar sababli yozma ravishda qarz shartnomasini tuzishga va keyinchalik nizo kelib chiqqanda o‘z huquqlarini himoya qilishga to‘sqinliklarga olib kelayotgan edi.

Fuqarolar o‘rtasida mazkur masalada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida, Prezident farmoni bilan ushbu cheklovlar olib tashlandi hamda jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida qarz berish va qaytarib olishga ruxsat berildi.

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda chet el valyutasida qarz berishda fuqarolarning huquqlarini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada Fuqarolik kodeksiga fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi, qarz summasi chet el valyutasida belgilanganda esa yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi shartligi kabi yangi qoida kiritilmoqda.

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekiston Respublikasi hududida rezident va norezident bo‘lgan jismoniy shaxslar o‘rtasidagi valyuta operatsiyalariga yozma shaklda tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan qarz shartnomasi orqali qarz berish va qaytarib olishga doir operatsiyalar kiritilmoqda.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qarz shartnomasini notarial tasdiqlanganlik uchun hamda notarius tomonidan qarz shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish bo‘yicha ijro varaqasini rasmiylashtirishda davlat boji miqdorini ikki baravarga kamaytirish nazarda tutilmoqda.

Mazkur qonun loyihaning qabul qilinishi bilan jismoniy shaxslarning o‘z mulki hisoblangan chet el valyutasidagi pul mablag‘larini erkin tasarruf etishi, xususan ularning chet el valyutasida qarz berishda huquqlarining himoya qilinishi, shu jumladan, nizo kelib chiqqan taqdirda sudda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini to‘liq himoya qilinishiga huquqiy asoslar yaratilishi hamda qarz berish va olishda shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning rivojlanishiga turtki berishi va bu borada yashirincha kelishuvlar tuzilishining oldi olinishi ta’minlanadi.

Shu bilan birga, notariuslar tomonidan chet el valyutasida qarz shartnomalarini tasdiqlashda fuqarolarga zarur huquqiy yordam va xizmatlar ko‘rsatilishiga hamda notariuslar tomonidan ijro xatlarini yozishda davlat bojining kamaytirilishi natijasida sudlarda ushbu masalalarda nizolar ko‘rib chiqilishining kamayishi va ularning ish yuklamasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatilishiga erishiladi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy valyutada qarz berishni notarial tasdiqlash orqali amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi