Bugungi kunda ta’lim sifatini oshirish, bu yo‘lda investitsiya, innovatsiya va texnologiyalarni jalb etish zamon talabidir.

Prezidentimizning 2024 yil 7 fevraldagi “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan maqsadlar, salohiyatli kadrlar tayyorlash mezonlari xususida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Turizm kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktor, professor Alisher Eshtayevning fikrlariga qiziqdik.

– Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi, jahon bozorida raqobatning keskinlashuvi sharoitida har bir mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda kadrlarning salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi, – deya fikrini boshlaydi Alisher Eshtayev. – Bu yo‘lda, avvalo, ta’lim muassasalarining reytingi va raqobatbardoshligini oshirish, o‘qitish tizimida iqtisodiyotning zamonaviy talab va ehtiyojlariga muvofiq kadrlar tayyorlash muhim omildir.  

Prezidentimizning 2024 yil 7 fevraldagi “Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari sifatida jahondagi so‘nggi tendensiyalar, xorijiy tajriba va real iqtisodiyot talablar asosida oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash nazarda tutilgan.

Buning uchun talabalarda tizimli tahlil qilish, kreativ fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalar va simulyatsion markazlarni tashkil etish, bu orqali “ta’lim-fan-innovatsiya-raqamlashtirish” ekotizimini rivojlantirishda ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini yo‘lga qo‘yish ayni samarali usullardandir.  

Ilmiy loyihalar natijasini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilarning xorijiy ilmiy-amaliy stajirovkasini yo‘lga qo‘yishga alohida urg‘u berildi.

Mustaqil mushohada qiladigan, kreativ yondashuv va keng qamrovli ma’lumotlarni qayta ishlash asosida kadrlar tayyorlash maqsadida bakalavriat va magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida xorijiy tillarda o‘qitiladigan guruhlar tashkil etilishi qarorning o‘ziga xos tomonlaridan biri bo‘ldi.

Kadrlar tayyorlashni jahon standartlariga moslashtirish, yangi ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisligining malaka talablari, o‘quv rejasi va dasturlarini xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasi asosida yaratish ayni muddao bo‘lib, ta’lim dasturlarining xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturi asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.  

Keyingi paytlarda mamlakatimizda ta’lim tizimining amaliyotdan ajralib, ortda qolib ketayotganligi yaqqol namoyon bo‘lib borayotgan edi. Talabalar asosan nazariy bilim bilan chegaralanib, amaliyot o‘z holicha qolib, bunda talabalarning amaliy ko‘nikmalari talab darajasida shakllanishiga imkoniyat yaratilmayotgan edi. Shu bois qarorning ijrosi asosida tizimda amaliyot bilan integratsiyani keng yo‘lga qo‘yish maqsadida ta’limga tegishli sohalarda kamida 5 yillik amaliy tajribaga ega iqtisodiyot, moliya va soliq tizimlarida ishlagan mutaxassislar jalb etiladigan bo‘ldi.

Oliy ta’lim muassasalarida dars beruvchi professor-o‘qituvchilarning amaliyot bazalarida tizimli malaka oshirishi yo‘lga qo‘yiladi.  

Qarorda talabalarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida mustaqil ta’limni tashkil etish uchun xorijiy pedagoglar bilan seminar-treninglar tashkil etish masalasi kiritilgan.  

Shuningdek, o‘zaro kelishuvlar asosida xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari bilan akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, pedagog xodimlarni xorijiy stajirovkaga yuborish va ularning malakasini oshirish ham alohida ta’kidlangan.  

Albatta, jahondagi Garvard, Oksford va boshqa ta’lim muassasalarida ushbu jarayonlarga katta e’tibor qaratilganligi bois shu darajadagi mavqega erishganini alohida e’tirof etish lozim.  

Qabul qilingan ushbu qaror mamlakatimizda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning davomidir.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan, iqtisodiyotda birinchi marotaba sayyohlikka strategik sektor maqomi qayd etildi. Natijada turizmning xorijlik va mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi yondosh soha tarmoqlari rivoji yo‘lida milliy turizmning yangi bosqichi bo‘y ko‘rsatdi.  

Bugungi kunda jahondagi barcha rivojlangan davlatlar qulay sayyohlik yo‘nalishini tanlash, ya’ni bozordagi maqbul mavqeni egallash, xizmatlar ko‘rsatishning o‘ng‘ay jihatlarini qo‘llash, turizmning yangi turlarini yaratish, zamonaviy marketing tadqiqotlari olib borishga harakat qilmoqda.  

Buning asosiy sabablaridan biri — turizmning serdaromad soha ekanidir. Sayyohlikda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qo‘liga ish haqi bo‘lib yetib boradi. Holbuki, sanoat va boshqa tarmoqlarda bu ko‘rsatkich 10 foizdan oshmaydi. Qolaversa, bu yangi ish o‘rinlarini yaratishda ham o‘ziga xos imkoniyat beradi. Turizmda yaratilgan bitta ish o‘rni boshqa sohalarda qo‘shimcha kamida 2 ta ish o‘rni ochilishiga sabab bo‘ladi.  

Jahon turizm bozorida raqobatning kuchayishi sayyohlikni an’anaviy rivojlantirish modelidan innovatsion modelga o‘tish jarayonini talab qilmoqda. Bugun barcha sohalar kabi turizmni ham rivojlantirish masalasi kadrlarga bog‘liq.  

 Yaqinda Samarqandda ochilgan turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha UNWTO Xalqaro turizm akademiyasida mutaxassislarni o‘qitish uchun maxsus grant ajratilishi e’lon qilindi.  

Albatta, bu yo‘nalishda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sayyohlikni raqobatbardosh darajaga olib chiqadi.  

 Prezidentimizning 2023 yil 27 iyuldagi “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash yo‘nalishida xalqaro darajada tan olingan dasturlarni “franshiza” asosida yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim dasturlari jahon reytingida birinchi 100 talikka kiruvchi nufuzli oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida ko‘rib chiqish belgilandi.  

Shuningdek, ta’lim tashkilotlarida o‘qitish jarayonini amaliyot bilan birga olib borishni nazarda tutuvchi amaliyot bazalarini tashkil etish, oliy va professional ta’lim dasturlaridagi o‘quv jarayonini “blok-modul” tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etish zarurligi ko‘rsatildi.  

Kasb standartlari va malaka talablarini ishlab chiqish tizimi yo‘lga qo‘yilishi, turizm yo‘nalishida kadrlar tayyorlovchi davlat oliy hamda professional ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun o‘rta va qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilishi ham jarayonning naqadar ahamiyatga ega ekanidan dalolatdir.  

Demak, iqtisodiyotning boshqa sohalari kabi turizm ta’lim tizimida ham amaliyot bilan integratsiyani kengroq yo‘lga qo‘yish maqsadlidir.  

Davlatimiz rahbarining o‘tgan yili 26 apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, 11 ta oliy ta’lim muassasasi rahbarlari hamda hududlardagi 30 ta tuman hokimlari tomonidan turizm va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, ijroga qaratildi.  

Mazkur tumanlarning turizm salohiyatini ochib beruvchi ilmiy asoslangan kontentlar yaratildi. Jumladan, 143 ta mahalla o‘rganilib, 254 ta turizm, tarixiy-madaniy, arxeologik ob’ektning kontenti o‘zbek va ingliz tillarida shakllantirildi.  

Xususan, topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Xo‘jayli va Ellikqal’a tumanlarida izchil harakatlar olib borilmoqda.  

Eng avvalo universitetga biriktirilgan tumanlardagi turistik ob’ektlar, ya’ni Ellikqal’a tumanida 21 ta, Xo‘jayli tumanida 13 ta va Taxtako‘pir tumanidagi 14 ta turistik ob’ektning yangi kontenti yaratildi.

Shu bilan birga, sohani rivojlantirishga ta’sir qilayotgan omillar tahlil qilindi va marketing tadqiqotlari o‘tkazildi. O‘rganilayotgan turistik ob’ektlar bo‘yicha elektron platforma ishga tushirilib, Taxtako‘pir, Xo‘jayli va Ellikqal’a tumanlarining turizm kontentlari turli xorijiy tillarda joylashtirilmoqda. Ushbu tumanlarga turistlarni keng jalb qilish va ularni hududda 3-4 kun mobaynida olib qoladigan mahalliy turizm tashkilotlari bilan hamkorlikda jozibador va qiziqarli bo‘lgan 12 ta turizm paketlari ishlab chiqildi.  

Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib boruvchi gid-tarjimon va ekskursiya yetakchilari uchun mo‘ljallangan uslubiy qo‘llanmalar o‘zbek va qoraqalpoq tillarida nashr etilib, amaliyotga tatbiq qilish uchun soha vakillariga yuborildi. Turizm mutaxassisligida ta’lim olayotgan magistrlar va turizm sohasidagi amaliyot xodimlari bilan hamkorlikda 18 ta dolzarb mavzudagi amaliy loyihalar ishlab chiqildi. Albatta, ushbu ishlar ta’lim va amaliyot integratsiyasini yo‘lga qo‘yishdagi ilk qadamlardan biridir.

Umuman olganda, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solish va takomillashtirish aslo foydadan xoli bo‘lmaydi. Aksincha, malakali kadrlar tayyorlash, iste’molchilarni qanoatlantiradigan va xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari bilan raqobatlasha oladigan, sifatli kadrlarni yetishtirish pirovardida sohani rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.  

Abdulaziz RUSTAMOV yozib oldi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijiy tajriba va real iqtisodiyot talablari asosida kadrlar tayyorlash zamon talabi