Mikrokreditbank mamlakatda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida bir qator xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda imtiyozli kreditlar taqdim etmoqda.
Bu kreditlar tadbirkorlik sub’ektlariga uzoq muddatli moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini berib, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va agrobiznes kabi muhim sohalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Kredit turlari va shartlari
1. Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) ishtirokida «Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish» loyihasi;
• Maqsad: Chorvachilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, baliqchilik sohalarini rivojlantirish.
• Kredit muddati: 7 yilgacha;
• Kredit valyutasi: milliy valyutada;
• Foiz stavkasi yillik: milliy valyutada yillik MB asosiy stavkasi + 3 foiz (o‘zgaruvchan foiz stavkada);
2. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) ishtirokida «Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish
2-Faza» loyihasi;
• Maqsad: Oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish faoliyatini rivojlantirish.
• Kredit muddati: 10 yilgacha;
• Kredit valyutasi: milliy valyuta va AQSH dollarida;
• Foiz stavkasi yillik: milliy valyutada MB asosiy stavkasi + 6,5 foiz (o‘zgaruvchan foiz stavkada), AQSH dollarida 6 oylik SOFR + 6,5 foiz (o‘zgaruvchan foiz stavkada);
3. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasi;
• Maqsad: Oziq-ovqat, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish.
• Kredit muddati: 13 yilgacha;
• Kredit valyutasi: milliy valyuta va AQSH dollarida;
• Foiz stavkasi yillik: milliy valyutada MB asosiy stavkasi + 5 foiz (o‘zgaruvchan foiz stavkada), AQSH dollarida 6 oylik SOFR + 6,5 foiz (o‘zgaruvchan foiz stavkada);
4. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) hamda xalqaro tiklanish va Taraqqiyot banki (XTTB) ishtirokida «Chorvachilik sohasini rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasi;
• Maqsad: Chorvachilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, baliqchilik sohasini rivojlantirish.
• Kredit muddati: 13 yilgacha;
• Kredit valyutasi: milliy valyuta va AQSH dollarida;
• Foiz stavkasi yillik: milliy valyutada MB asosiy stavkasi + 3 foiz (o‘zgaruvchan foiz stavkada), AQSH dollarida 6 oylik SOFR + 6,5 foiz (o‘zgaruvchan foiz stavkada);
5. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)» loyihasi:
• Maqsad: Meva-sabzavotchilik loyihalarini moliyalashtirish.
• Kredit muddati: 10 yilgacha.
• Kredit valyutasi: milliy valyutada;
• Foiz stavkasi yillik: MB asosiy stavkasida (o‘zgaruvchan foiz stavkada);
Kreditlardan foydalanish afzalliklari
Ushbu kredit liniyalari tadbirkorlarga uzoq muddatli va maqsadli moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini beradi. Bu esa:
• Yangi ish o‘rinlari yaratish,
• Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish,
• Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalarini samarali rivojlantirishga yordam beradi.
Mikrokreditbankning xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan bu tashabbuslari iqtisodiy o‘sish va tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi.
Bank Axborot xizmati.
Reklama huquqi asosida