Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

4 noyabr kuni Qaror bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

— xorijga chiqish biometrik pasportini berganlik uchun undiriladigan davlat boji summasini qayta taqsimlash;

— xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish;

— voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirish.

O‘zA