Xorijda yashaydigan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyati koʻpchilik uchun qiziq.

Xorijda yashaydigan vatandoshlarimizning hayoti va faoliyati koʻpchilik uchun qiziq. Suhbatdoshimiz, oʻz sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan Jon Toshmatov bugungi kunda AQSHda yashaydi. Vatandoshimizning IT sohasidagi muvaffaqiyat sirlarini bilish uchun u bilan bogʻlandik.

Qahramonimiz 1976-yil Fargʻona viloyati Furqat tumanining Navbahor shaharchasida tugʻilgan.
1983-yildan 1994-yilgacha Navbahorning 14-oʻrta maktabida taʼlim olgan.
“IT-sohasi chegara bilmaydi”

– Avvalo oʻzingiz haqingizda maʼlumot bersangiz, IT sohasini oʻrganish uchun qaysi dargohlarda taʼlim olgansiz?

– Maktabni bitirganimdan soʻng, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetiga hujjat topshirganman, lekin afsuski, ballarim yetmadi va oʻqishga kira olmadim. Keyingi yil Fargʻona Politexnika universitetiga oʻqishga kirish nasib etdi. U yerda 1998-yilgacha oʻqib, soʻng AQSHning oʻqish va malaka oshirish dasturi boʻyicha “Kaliforniya Politexnika Universiteti”ga kirdim. Dasturni muvaffaqiyatli yakunlaganimdan soʻng Ayova shtatidagi Klark universiteti Kompyuter Texnologiyalari yoʻnalishida bakalavr tizimini bitirganman va soʻngra Florida shtatining Seynt-Liyo universitetida magistr tizimida ham oʻqidim.

– AQSHga nima maqsadda borgansiz? Hozirda koʻpchilik havas qiladigan natijalarga erishdingiz, muvaffaqiyatingiz siri nimada deb oʻylaysiz?

– AQSHga oʻqish va tajriba orttirish niyatida kelganman. Bilmadim, hamma havas qiladigan darajaga yetdimmi yoki yoʻq, lekin AQSHda men nufuzli universitet va oʻquv markazlarida tahsil olishga muvaffaq boʻldim. Katta-katta kompaniyalarda ishlab, tajriba orttirdim, hozirda esa Nyu-York shahrida oʻz vatandoshlarimga informatsion texnologiyalar boʻyicha taʼlim berib kelmoqdaman. Amerika imkoniyatlarga boy davlat boʻlishi bilan birga, oʻziga xos raqobat kuchiga ham ega. Oʻz tajribamdan kelib chiqqan holda hozirda ish yuritish boʻyicha oʻziga xos uslubga egaman.

– Bugungi biznes faoliyatingiz haqida soʻzlab bersangiz. U nimalardan iborat?

– Bugungi kunda AQSHning Nyu-York shahrida vatandoshlarimiz soni koʻpayib bormoqda. Barchamizga maʼlum, AQSHda vatandoshlarimiz oʻzlari tanlagan kasblarini davom ettirishlari juda qiyin. Buning uchun tilni mukammal bilish va 4-5 yillik bakalavr tizimida oʻqish lozim. Shuning uchun men qisqa muddatli, yaʼni 6-9 oy oraligʻida oʻqish mumkin boʻlgan IT-kurslarini ochganman. Vatandoshlarimga IT sohasida kerakli boʻladigan bilimlarni oʻrgataman. IT sohasi juda keng qamrovli, tibbiyot, jurnalistika, sport, haydovchilik, biznes yuritish va yana koʻplab kasblarni oʻz ichiga oladi. Koʻplab vatandoshlarimiz tibbiyot sohasiga qiziqqan holda oʻzlari tanlagan yoʻnalish boʻyicha IT-texnologiyalarni oʻrganib, ishlab kelishmoqda.

– AQSHda biznes ochish ancha oson deyishadi. Biroq raqobatning kuchi natijasida aksariyat kompaniyalar tanazzulga yuz tutar ekan. Aynan raqobat muhiti haqida fikringizni bilmoqchi edik.

– AQSHda biznes ochish baʼzi bir mamlakatlarga qaraganda osonu, lekin oʻziga yarasha murakkab roʻyxatdan oʻtish tartiblari bor. AQSH hukumati har bir tadbirkorga imkoniyat beradi, imkon berishga harakat qiladi. Tadbirkor avvalambor, biznes ochishdan oldin oʻz mahsuloti yoki servisining bozorini va raqiblari faoliyatini oʻrganishi zarur. Raqobat borki, takomillashish bor. Bu erkin bozorning rivojlanishiga yoʻl ochadi. Muvaffaqiyatga erishish uchun korxona albatta, quyidagi asosiy tamoyillarga eʼtibor berishi zarur deb oʻylayman: mijozlarga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, mahsulot yoki xizmat koʻrsatish sifatini xalqaro standartlar boʻyicha olib borish, innovatsiya va kelajak texnologiyalariga sarmoya qilish, mijozlar bilan aloqa qiladigan vositalar yoki portallarni qurib borish, ishga olish tartibini eng yuqori darajasini yoʻlga qoʻyish va har bir nomzodga ishga olish jarayoni va ish davomida yordam berish. Bundan tashqari ishchilar yillik sinov va suhbatlardan oʻtishi lozim. Ish joylarida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimlari yoki koʻrsatmalari boʻlishi zarur. Har bir dam olish yoki oshxona hamda ish joyida mehnat vazirligining yangiliklari ilingan boʻlishi kerak. Boshqaruv xodimlari va ishchilari bilan tez-tez muloqotda boʻlib, oylik yoki haftalik majlislarini oʻtkazib turish ham foydali deb oʻylayman.

– Oʻzbekistonda ham biznes ochish niyatingiz bormi va u qaysi sohada boʻladi?

– Oʻzbekistonda biznes ochish niyatim bor. IT-oʻquv markazini ochmoqchiman. Unda malakali dasturchilarni tayyorlab, dunyoning barcha rivojlangan malakatlaridan mijozlar topib, Oʻzbekiston dasturchilarini ish bilan taʼminlash va Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga oʻz hissamni qoʻshish niyatidaman.

– Oilangiz, ota onangiz va farzandlaringiz haqida gapirib bersangiz. Farzandlaringiz oʻzbek tilini bilishadimi?

– Oilada bosh farzandman, uchta singlim va bitta ukam bor. Otam 2012-yilda olamdan oʻtgan. Onam Saboxon baxtimizga sogʻ-omonlar. Oʻzimning toʻrt nafar farzandim bor, katta qizlarim Evelina va Kamila Ayova shtatida yashashadi. Kichik qizlarim Lola va Soliha. Ular oʻzbek tilida bemalol gaplasha olishadi.

– Vatan sogʻinchi qiynaydimi? Oʻzbekiston deganda koʻz oldingizga birinchi boʻlib nima yoki kim keladi?

– Toʻgʻrisini aytsam, boshida sogʻinch boʻladi, ota-onani, uyni, tugʻilib oʻsgan koʻchalar va maktabimni qattiq sogʻinardim. Lekin vaqt oʻtib, odamzod hamma joyga va har xil sharoitga koʻnikar ekan. Oʻzbekistonimizning toʻylarini, bayramlarini va xalqimizning mehrini sogʻinaman. Oʻzbekiston deganda koʻz oldimga avvalambor kindik qonim toʻkilgan ona tuprogʻim keladi. Har bir yurtidan uzoqda boʻlgan inson ona vatan sogʻinchi bilan yashaydi. Shu sabab men ham hamma narsani va har kimni sogʻinib yashayman.

– Oʻzbekistonlik yoshlarga maslahatlaringiz asqatadi va motivatsiya beradi. Ularga qanday tavsiyalar bergan boʻlardingiz?

– Oʻzim ham yoshligimdan juda intiluvchan va harakatchan boʻlganman, aynan shu xislatim erishgan muvaffaqiyatlarimga sabab boʻlgan deya olaman. Yoshlarimizga har doim ilm yoʻlida harakat qiling va zamonaviy bilimlari oʻrganing, degan boʻlardim. Hech qachon xato qilishdan qoʻrqmang. Koʻplab yutuqlar xatolar evaziga keladi. Oʻzim doim rioya qiladigan bir shior bor: “Aqlli odam oʻz xatolardan saboq oladi, aqlliroq odam esa boshqalarning xatosidan saboq oladi, ammo dono odam boshqalarning muvaffaqiyatidan oʻrganadi”. Hech qachon erishgan darajangizda toʻxtab qolmang, har doim yana-da balandroqqa koʻtarilishga intiling. Kelajakka qandaydir meros qoldirishga intilib yashash kerak.

– “My IT Education” kompaniyasining kelajagini qanday koʻrayapsiz? Oʻzbekistondan turib ham oʻquv markazingizda onlayn taʼlim olsa boʻladimi?

– “My IT Education”ning oldiga qoʻygan asosiy maqsadi, bu AQSHdagi vatandoshlarga IT sohasining fundamental bilimini oʻrgatish va ularga shu soha boʻyicha ish topish malakasini tushuntirish. Hozirgi “My IT Education” markazida taʼlim olganlardan beshtasi Zend Sertifikat Muhandisi unvoniga ega boʻldi va bir nechtasi shu sohada ishlab kelmoqda. Faoliyatimizni yaqinda boshlaganimiz sababli, hali natijalarimiz u darajada katta emas. Agar toʻrt yillik bakalavr tizimini oʻqib bitirish uchun oʻrtacha 120 ta kredit kerak boʻlsa, oʻshaning yarmidan koʻpi taʼlimning umumiy darslari hisoblanadi, yaʼni tarix, ingliz tili va shu kabi gumanitar fanlar kiritiladi. “My IT Education” da biz faqat kompyuter sohasiga kerakli boʻlgan fanlarga eʼtiborimizni qaratamiz va koʻproq haqiqiy loyihalar ustida ishlash boʻyicha tajriba oshiramiz.

– Hozir butun dunyo karantinda, yoshlarga karantin paytida nimalar bilan mashgʻul boʻlishni tavsiya etgan boʻlardingiz?

– COVID-19 dunyoga kelgan bir balo boʻldi deb oʻylayman. Karantin paytida uyda oʻtirish juda ham muhim choralardan biri. Bu virusning tarqalishini oldini olish bilan birga toʻxtatadi ham. Uyda oʻtirgandan foydalanib, yoshlarimiz ilm olishlari mumkin. Oldin qurgan rejalarini amalga oshirish maqsadida oʻzlari xohlagan loyihalari ustida ishlari, IT-sohalari boʻyicha onlayn tizimda saboq olishlari mumkin. Dasturlashni oʻrganib olishsa, Oʻzbekistondan turib katta-katta kompaniyalar bilan ishlashlari mumkin. Agar siz IT-sohasida dastur tilini bilsangiz, xohlagan joyda ishlashingiz mumkin.

- Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur.

Dilfuza Sobirova suhbatlashdi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdagi vatandosh Jon Toshmatov: “IT-sohasida dastur tilini bilsangiz istalgan joyda ishlay olasiz”
Жамият
11:07 / 01:05:2020