Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan OAV vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda qo‘mitaning o‘tgan yildagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Qo‘mita raisi Mavluda Xo‘jayevaning qayd etishicha, qo‘mita tomonidan o‘tgan davrda aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligiga ko‘maklashish, mehnat munosabatlarini tartibga solish jarayonlarini takomillashtirish kabi muhim yo‘nalishlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratildi. Xususan, aholi bandligini ta’minlash, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi masalalarning huquqiy asoslarini yaratishga qaratilgan ilgari mavjud bo‘lmagan “Tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun ustida ish olib borildi. 

Hisobot davrida qo‘mita mas’ul bo‘lgan qonun loyihalari muhokamasi bo‘yicha jami 32 ta ishchi guruh, 13 ta ekspertlar guruhi yig‘ilishi o‘tkazilgan. Qonunlar va qonunosti hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat-tahlil tartibida o‘rganish hamda ular yakunlari bo‘yicha davlat va boshqaruv organlari mansabdor shaxslarining axborotini eshitishga ham alohida e’tibor qaratildi. Mansabdor shaxslarga saylovchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan jami 22 ta deputat so‘rovi yuborilgan. 

Qo‘mita a’zolari bandlik dasturlarining ijro etilishi holati, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, xotin-qizlar va mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Andijon, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdi. 

Qo‘mita nomiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 417 ta murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, salmoqli qismi hal etildi. Shuningdek, qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni o‘rganib chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Qayd etilganidek, hisobot davrida qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlarda fuqarolar tomonidan 7 ta qonun hujjatiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar bildirildi. 

2023 yilda qo‘mita a’zolari o‘z saylov okruglarida turli masalalar yuzasidan 496 nafar jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining qabulini tashkil etdi. Ular tomonidan ko‘tarilgan 520 dan ortiq masalaning aksariyat qismi deputatlar sa’y-harakati bilan bartaraf etildi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijdagi mehnat migrantlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qonun ustida ish olib borildi