AOKAda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda o‘tgan 9 oy davomida sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, Yaponiya, Litva, Slovakiya, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Xorvatiya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Shvetsiya va Belgiya kabi dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlari ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha 93 ta shartnoma imzolangan. Jami kelishuvlar soni 354 taga yetkazilgan.   

Qayd etilishicha, joriy yil davomida xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarni aniqlash va ular bilan manzilli ishlashning yangi, ya’ni “Xorijga ish – mahalladan” tizimi asosida 125 ming nafardan ortiq fuqaroning xorijiy davlatlarga tashkiliy va manzilli tartibda ishga joylashishiga ko‘maklashildi. Xorijga ishga ketishdan oldin nomzodlarni chet tili va kasblarga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yil boshidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarning 42 ming 222 nafari 30 ga yaqin kasbga va 4 ming 998 nafari xorijiy tillar bo‘yicha o‘qitildi.   

Shuningdek, xorijda faoliyat olib borayotgan 193 mingdan ortiq fuqaroga axborot va maslahat xizmati, 4 ming 357 nafar fuqaroga huquqiy, 12 ming 962 nafar fuqaroga ijtimoiy, 2 ming 238 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatildi. 127 nafari vaqtincha yashash joylariga joylashtirildi, og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 662 nafari esa O‘zbekistonga olib kelindi. Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari aralashuvi bilan 1 ming 208 nafar yurtdoshimiz ish beruvchilaridan 508 ming AQSH dollariga yaqin ish haqlari undirib berildi.   

Bugungi kunda Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Litva, Buyuk Britaniya, Polsha, Latviya, Yaponiya, Ruminiya kabi davlatlarda tibbiyot, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, yuk avtomobil haydovchisi, payvandlash, elektrik, IT kabi sohalar bo‘yicha 154 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni aniqlangan.   

Masalan, Germaniyaning 25 ta ish beruvchi tashkiloti bilan 60 ming nafarga yaqin fuqaroni tibbiyot, haydovchilik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va Ausbildung (dual ta’lim) asosida ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Ularga o‘rtacha 2100 AQSH dollari ish haqi taklif qilinmoqda. Britaniyada tibbiyot yo‘nalishida 10 ming va mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga 3 ming ish o‘rniga talabnoma olingan. Ish haqi 2500 AQSH dollari. Litva, Latviya, Polsha, Bolgariya va Yevropaning boshqa davlatlariga 26 ming nafardan ortiq fuqaroni yuk avtomobili haydovchisi, ishlab chiqarish, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalariga ishga yuborish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ularga o‘rtacha 1400 AQSH dollari ish haqi taklif qilinmoqda.   

Bu yil ilk marotaba Janubiy Koreyaga ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, qurilish, kemasozlik, tog‘-konchilik va o‘rmonchilik sohasiga 13 ming 700 ish o‘rniga kvota olindi. Oylik ish haqi o‘rtacha 2000 AQSH dollari. Bu 2022 yilga nisbatan 6 baravar, 2023 yilga nisbatan 1,5 baravarga ko‘p. Ushbu bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha xorijiy tillarni biladigan hamda malakaga ega nomzodlar o‘zlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki mahalladagi hokim yordamchilari orqali murojaat qilishi mumkin.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolarning 42 mingdan ziyodi 30 ga yaqin kasbga o‘qitildi