Xorij xabarlari (+video)
Dunyoda ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar tafsiloti "Xorij xabarlari" dasturida
-Kongo Demokratik Respublikasida bo‘lgan AQSH fuqarolari ushbu mamlakatni tark etganidan so‘ng kamida 21 kun boshqa davlatda bo‘lmaguncha AQSHga qaytish reyslariga chiqarilmaydi.
- Ukraina Oliy radasi bosh vazir Yuliya Sviridenko va uning boshchiligidagi Vazirlar mahkamasining iste’fosini ma’qulladi. BBC xabariga ko‘ra, qarorni 258 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan.
- AQSH Rossiya nefti va tabiiy gazining eng yirik xaridorlariga nisbatan yangi bojlar joriy etishi mumkin.
- Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi FIFA prezidenti Janni Infantino ustidan AQSH prezidenti Donald Tramp bilan munosabatlarida siyosiy betaraflik tamoyillarini buzganlik yuzasidan shikoyat oldi.
- Latviya madaniyat vaziri Nauris Puntulis ommaviy axborot vositalarida rus tilidagi kontentni butunlay bekor qilishga chaqirdi.
Batafsil video davomida tanishing:https://youtu.be/FVBvbyljJ_o?si=rj3wITenPw5KlLRm
Nozimjon Mardonov, Yoqub Meliboyev,
Salimjon Obidjonov, O‘zA