Xorazm viloyatida yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, bayramoldi aholi dasturxonlari to‘kinligini ta’minlash maqsadida asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Viloyatning barcha tumanlaridagi mavjud dehqon bozorlarida uyushtirilgan alohida rastalardagi arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida dehqon va fermer xo‘jaliklari yetishtirgan turli xil oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Bayram kunlarida viloyatidagi barcha bozorlar xaridorlar bilan gavjum. Aholi kayfiyatini yana ko‘tarish maqsadida bozorga kiraverishda ko‘ngilochar musiqiy dam olish olish dasturlari ham namoyish etilmoqda.

[gallery-21052]

– Mol go‘shti kilosi 65 ming so‘mdan ekan, – deydi Urganch shahrida istiqomat qiluvchi O‘g‘iljon Batanova. – Bu narx nafaqat meni, boshqa xaridorlarni ham qanoatlantirishiga ishonchim komil. Yangi yil dasturxoni uchun arzonlashtirilgan sifatli go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, ho‘l meva, sabzavot va qandolat mahsulotlari xarid qilish uchun ham yangi yil yarmarkasiga oilam bilan kelib, yangi yil dasturxoniga ko‘proq mahsulotlar olishni rejalashtirdim. Bayram dasturxonimiz bu yil yanada fayzli bo‘ladi endi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlarning amaliy ko‘magi bilan viloyatda tashkil etilgan savdo yarmarkalarida “Daladan – dasturxonga” tamoyili asosida aholiga qulay savdo sharoitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahsulotlarning uzluksizligini ta’minlash uchun ta’minotchi korxonalar, agrofirma va fermer xo‘jaliklari biriktirilgan. Narxlarning sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli tarzda kunlik nazorat olib borilmoqda.

Bozorlar to‘kinligi rizq-ro‘zimiz butunligidan dalolatdir. Viloyatning barcha tumanlarida, eng chekka hududlarida arzonlashtirilgan yarmarkalar, ko‘chma savdo do‘konlari tashkil etilib, bayram kunlarida oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda aholiga taqdim etilmoqda.

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmliklar savdo yarmarkalari faoliyatidan mamnun