bugungi kunda 10 mingdan ortiq maktabda 6,3 million o‘quvchi ta’lim-tarbiya olyapti, ularga 500 mingdan ko‘proq pedagog saboq berib kelmoqda.

Mana shu 500 ming nafar o‘qituvchilar orasida ilm-fan sohasiga o‘z hissasini qo‘shayotgan, yangi loyihalarini amaliyotda qo‘llab kelayotgan ustozlar talaygina. O‘zA muxbiri Xorazm viloyatidagi 30- hamda 14-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari bilan suhbat uyushtirdi. 

Xo‘sh, bu ustozlar faoliyati davomida ona tili va adabiyot fani bo‘yicha qanday yangilik yaratdi? Ular yaratgan yangilik amaliyotda natija beryaptimi? 

O‘QUVCHILAR DARSLIKLARDAGI BIR XILLIKDAN ZERIKISHADI 

Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Farida Abduqodirova "Ilm – fan sohasidagi xizmatlari uchun" hamda "Tashabbuskor islohotchi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 

Farida Abduqodirova ustozi Nasiba Sobirovadan o‘rgangan metodlari asosida «7-sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning faolligini oshirish usullari», deb nomlangan uslubiy tavsiya ishlab chiqdi. Ushbu kitob 2021 yilda chop etilib, respublika miqyosida ommalashdi. Undagi tavsiyalardan hozirgi kunda respublikamizdagi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari foydalanishyapti. 

— 7 sinf adabiyot darsligida 20 ta mavzu berilgan, — deydi F. Abduqodirova. — Kitobda har bir dars uchun metodik tarqatmalar mavjud. Bu qo‘llanmani o‘quvchining sumkasida darslik bilan birga yuradigan qo‘shimcha kitobcha desa ham bo‘ladi. O‘quvchilar darsliklardagi bir xillikdan zerikib qolishadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga darsni yaxshi tushuntirib berishi, bir xillikdan qochish uchun juda foydali. 

Hozirgi kunda pedagog 5-11-sinflarda ish qog‘ozlari bilan ishlash qo‘llanmasini yaratish ustida ham izlanish olib boryapti. O‘quvchilar ish qog‘ozlari bilan ishlashda muammolarga duch kelishadi. Kitobchani bir oy davomida nashriyotga topshirishni rejalashtirgan. Bu qo‘llanmada namunalar beriladi. Ya’ni unda ish qog‘ozini to‘ldiradigan bo‘sh blanka bo‘ladi. Namunaga qarab o‘quvchilar imzoni qayerga qo‘yish, sanani to‘ldirish, dalolatnoma yozish, ariza, tavsifnoma, e’lonlar, tabriknoma, taklifnomalar yozishni o‘rganishadi. 

"IFODALI O‘QISH BO‘YICHA QO‘LLANMA YARATMOQCHIMAN" 

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 14-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Firuza Abrorova ham ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish borasida samarali mehnat qilib kelayotgan tajribali pedagoglardan. 

U darslarida o‘quvchilarni ona tilining cheksiz imkoniyatlaridan samarali foydalanish, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos holda yetkazish, so‘z san’atining go‘zal namunalari orqali o‘ziga xos tajribasi bilan shogirdlari hurmatini qozongan.

Firuza Abrorovaning «Ona tili ta’limiga oid ayrim tayanch bilimlarni qiyosiy o‘rganish», mavzusidagi metodik tavsiyasi 2021 yilda Respublika miqyosida ommalashtirilgan. 

— Ona tilida ayrim grammatik tushunchalarni boshqa tillar bilan qiyosiy o‘rgansa, dars yanada samarali bo‘ladi va o‘quvchilarda boshqa tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortadi, — deydi F. Abrorova. — Masalan, biz ona tili darsida ko‘plik shakli «lar» qo‘shimchasi yordamida hosil qilinishini bilamiz. Shu o‘rinda "ingliz tili, rus, arab tillarida ko‘plik shakli qanday hosil qilinadi", degan savol tug‘iladi o‘quvchida. O‘qituvchi buni boshqa tillar bilan ham qiyoslab o‘rgatib ketsa, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi. 

"Buning uchun o‘qituvchi boshqa tillarni ham bilishi talab etiladimi", deya bergan savolimizga ustoz quyidagicha javob berdi: 

— O‘qituvchi boshqa tillarni mukammal bilmasa ham, xorijiy tildan dars beradigan o‘qituvchidan gap bo‘laklari qanday joylashishini so‘rab, bilib olsin, — deydi pedagog. — Hech bo‘lmasa, grammatik tushunchalarni o‘rganishga harakat qilsin. Chunki o‘quvchining nazarida o‘qituvchi hamma narsani biladigan, mukammal inson kabi gavdalanadi. O‘z ustida ishlaydigan, izlanadigan o‘qituvchi uchun bu qiyin emas. Agar ona tili fani o‘qituvchilari shu metod orqali darsni o‘tsa, ham o‘quvchiga qiziq, ham uning obro‘si oshadi. 

Hozirgi kunda o‘quvchilarning og‘zaki nutqini shakllantirishga yordam beradigan ifodali o‘qish bo‘yicha qo‘llanma  yaratish ustida izlanish olib boryapman. Nasib bo‘lsa, bu yil shu qo‘llanmani amaliyotga tatbiq etishga harakat qilaman. 

Nigora Rahmonova, O‘zA
 
Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmlik o‘qituvchilar qanday yangiliklar yaratishmoqda?