Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning ma’naviyatga, adabiyotga va san’atga qilayotgan beqiyos g‘amxo‘rligi o‘z samarasini ko‘rsatayotir. Yurtimiz ijodkorlarining asarlari hatto bir qator chet davlatlarda ham chop etilayotgani bunga yorqin misol bo‘la oladi.

Yaqinda xorazmlik iste’dodli adiba, shoira va jurnalist Muhabbat Safoyevaning “Quyoshga yo‘l” kitobi Turkiyada nashr qilindi. 

Tun bo‘yi termulib oy shu’lasiga,

Kosalab simirdi, iztirob mayin.

Derazang raxiga boshini qo‘yib,

Yig‘lab-yig‘lab chiqdi tabassumlaring.

Xorazm adabiy muhiti uzoq yillardan buyon respublika adabiyot ixlosmandlarini maftun etib keladi. Negaki bu yurtdan Ro‘zmat Otayev, Erkin Samandar, Oshiq Erkin, Matnazar Abdulhakim va boshqa o‘nlab taniqli adib, dramaturg hamda shoirlar yetishib chiqqani quvonarlidir. Bugungi kunda ham viloyatda iste’dodli ijodkorlar oz emas. Ro‘zimboy Hasan, Gavhar Ibodullayeva, Davron Rajab, Shoira Shams, Boltaboy Bekmatov, Erpo‘lat Baxt, O‘ktam Davlat, Otabek Ismoilov kabi samarali qalam tebratayotgan talantli adiblar, badiiy ijodga va matbuotga mehri baland insonlar ko‘pligidan xursand bo‘lasiz.

Sizning xabar kutar kimingiz bordir?

Mening xabar kutar biror kimim yo‘q.

Sizning xabar kutar kimingiz bordir?

Mendan xabar kutar biror kimsa yo‘q.     

Yuqorida biz sanab o‘tgan adiblar safida yana bir talantli ijodkor borki, uning yozganlarini ancha yillardan beri mutolaa qilib kelaman. Qissalari, hikoya va badialari, she’rlari o‘quvchi qalbini zabt etadi, sizni o‘ylashga, fikrlashga da’vat etadi. Eng muhimi, sizning tafakkuringiz kengayishiga ko‘mak beradi. O‘qib, benihoya huzur qilasiz.         

Xorazmlik shoira va iste’dodli yozuvchi Muhabbat Safoyeva qalbidan qaynab chiqqan quyidagi satrlar sizni xayol surishga, o‘ylashga chorlaydi. U inson tabiatidagi nozik jihatlar gohida yolg‘izlikni qo‘msab qolishini, ko‘nglida cho‘kib yotgan dardlariga faqat va faqat yor qalbigina shifo ato etishini ta’kidlaydi.

Yolg‘izlik bag‘rida yengil tortaman,

Tomirda bo‘g‘ilib boradi qonim.

O‘zim ham bilmagan nelar kutaman

Manzilim olismi, qayda makonim?

Shoira inson ruhiy holatini teran tasvir etadi. U qalbini bezovta qilayotgan o‘ylarini qaynoq tuyg‘ulariga jo qiladi.

Talantli yozuvchi Muhabbat Safoyeva nasrda ham binoyiday qalam tebratadi. Uning “Muhabbat”, “Ichimdagi odam”, “Sinfdoshimga maktub” kabi o‘nlab hikoyalari turli mavzularda. Adibaning “Atirgul” hikoyasini mutolaa qilganimda yuragim larzaga keldi. Ayniqsa, sevgi iztiroblari aks etgan bir qator asarlarida fikr yarq etib ko‘zga tashlanib turadi. Qalbingizni olov ehtiroslar chulg‘ab oladi.

“Toshloq” hikoyasida bir qator personajlar qatori Dilshoda obrazi yodda qoladi. Bahrom personaji ham ancha vaqt xotirangizdan ko‘tarilmaydi. Bunga sabab ularning xatti-harakatlaridagi ijobiy va salbiy jihatlar, dialoglar va ichki kechinmalar bayon qilinmay, tabiiy tasvir etilganida. Shu boisdan asarni to oxirigacha o‘qib chiqishga oshiqasiz: “O‘rnidan turib, oshxonada kuymalanarkan: “Uchrashmayman, boshqa uchrashmayman!” – deya tinimsiz shu so‘zni takrorlar, go‘yo buni kimgadir uqtirmoqchiday, atay idishlarni joy-joyiga do‘qillatib qo‘yardi. 

Hozirgina ko‘rgan tushidan yuragi battar siqildi: “Nega tushimda ham tinch qo‘yishmaydi?” birdaniga ovozi balandlab, qo‘lidagi patnisni devorga otib yubordi. Patnis qaytib uchib kelib, oyog‘iga urildi. Og‘riqdan tizzalarini quchoqlab yig‘ladi. Shu tobda rahmatlik erini yomon ko‘rib ketdimi yo uni yolg‘iz tashlab ketgani alamidanmi, tiliga yomon qarg‘ish keldi. Jismu joniga sig‘mayotgan nimadir ichida shardek shishib borar, bo‘g‘ziga tiqilib nafas olishiga qo‘ymasdi. Uydan o‘qdek otilib chiqib, bog‘ to‘ridagi molxona tarafga yugurib ketdi”. Obrazlar tabiiyligiga qoyil qolasiz.

Qahramon xatti-harakati, holati tasvir mobaynida anglashiladi. Dilshoda ko‘nglidan kechayotgan o‘ylar, psixologik tahlil uning xarakterini oydinlashtirishga hizmat qilgan. “Muallifning “Feruza,” “Rizq” “Iskanja”. “Yolg‘izlik” hikoyalarida ham yozuvchi  niyati obrazlarga singdirib yuborilgan. Shu boisdan asar syujeti uzoq vaqt xotirangizda saqlanib qoladi. Hikoyani yana qayta-qayta o‘qigingiz kelaveradi. Eng asosiysi, asarlar qiziqarli yozilganligida.

Muallifning “Buvijonim” xotira-essesi zavq bilan o‘qiladi. Negaki asar tili murakkab emas, hatto xos kitobxonlardan boshqalar ham tushunadigan tilda, shirali tilda tasvir etilgani sizni xursand qilishiga ishonchimiz komil.

Adib va shoira Muhabbat Safoyevaning quyidagi she’ri ham uning mahorati chakki emasligini ko‘rsatadi.

Sizni qachon ko‘rarimni bilolmadim,

Holingizni bir bor borib so‘rolmadim,

G‘amga shohman, quvonchga qul, kulolmadim.

She’rdagi ohang, majoziylik, harorat uning ta’sirchanligini ta’min etgan. Original tashbehlar, simvol asarning badiiy jihatdan ancha pishiq bo‘lishiga olib kelgan. Shoiraning mahorati ham shunda.

Bir so‘z bilan aytganda, xorazmlik ijodkor Muhabbat Safoyeva asarlari endilikda chet ellarda ham o‘qilayotir. Uning kitobi turk tiliga tarjima qilinib, Turkiyada taqdimoti o‘tkazilgani shoira va yozuvchi ijodidagi katta va maqtovga sazovor muvaffaqiyatlardan biridir.

Biz iste’dodli adiba va shoira Muhabbat Safoyevaga hayotda va badiiy ijodda hamisha omad yor bo‘lsin, deymiz.

Jovli Xushboqov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmlik adibaning kitobi Turkiyada nashr etildi