Xorazmdagi korxonada startaplar sanoat bilan boğlanmoqda
Özbekistonda ilk bor sanoatning real ehtiyojlariga mahalliy startaplar orqali yeçim topiladigan yangi bosqiç Xorazmda boşlandi.
Mamlakatimizdagi sanoat korxonalari va yoş startap jamoalari örtasida köprik vazifasini bajarib kelayotgan «StartupFest» loyihasining Catalyst dasturi Urganç şahridagi Thermo Plus korxonasi bilan hamkorlikda amaliyotni yölga qöydi.
"Khorezm Insulation Group" qöşma korxonasi tomonidan «Thermo Plus» savdo belgisi ostida yiliga 30 ming tonna bazalt (toş) paxtadan issiqlik izolyatsiyasi plitalari işlab çiqariladi. Işlab çiqariş jarayoni mahalliy xomaşyoga asoslangan.
Bugungi kunda korxonada pol, içki va taşqi devor, çordoqlar uçun 20 xil turdagi mahsulotlar işlab çiqarilmoqda.
– Bizning maqsadimiz yoş startap egalarni yirik işlab çiqariş korxonalari rahbarlari bilan yuzma-yuz uçraştiriş, korxonaning haqiqiy muammolariga yeçim topiş va yaxşi çiqqan ğoyalarni amaliyotga joriy etişdir, – deydi loyiha rahbari Munisa Murodova. – Loyihamiz misoli startaplar va yirik korxonalar örtasidagi köprikdir. Dastur tayyor mahsulotga ega startaplarni korporativ mijozlar bilan boğlaydi va korxonalar duç kelayotgan muammolarni aniqlaydi. Ularga mos yeçimlarni taklif etadi hamda pilot loyihalar ötkazadi. Istiqbolli loyihalarni tijoriy hamkorlik darajasiga olib çiqadi.
[gallery-32477]
Tadbir davomida yoşlar korxonadagi işlab çiqariş bilan tanişadilar. Korxona mutaxassislari bilan muloqot qilişdi. Korxonadagi muammolarga loyihalari orqali topilgan yeçimlarini sinab kördilar. Eng yaxşi deb topilgan yeçimlar korxonada pilot sinovdan ötkaziladi.
Ahmadjon Şokirov,
Behzod Saidov (surat),
ÖzA muxbirlari