Xorazmda xalqaro konferensiya
Ayni paytda Urganchda “Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan shu mavzudagi xalqaro anjumanlar 25 sentyabr kuni Beruniy tumanida, 26 sentyabr kuni Urganch shahrida, 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Urganchda o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanda Pokiston, Turkiya, Hindiston, Eron, Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Misr, Afg‘oniston, Tojikiston, Ozarbayjon singari mamlakatlardan 14 nafar xorijiy, 25 nafar mahalliy mehmon va beruniyshunos olimlar ishtirok etmoqda.
“Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov so‘zga chiqdi.
[gallery-13724]
Konferensiyadan so‘ng anjuman ishtirokchilarining Ma’mun akademiyasi faoliyati bilan tanishishi hamda Ichan qal’a majmuasiga sayohati rejalashtirilgan.
Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA