Urganch shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligiga biriktirilgan “Ko‘hna qal’a”, “Feruz”, “Umid”, “Jaloliddin Manguberdi” va “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida infratuzilmani rivojlantirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini va turmush farovonligini oshirish maqsadida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mahallalarda optik tolali internet tarmoqlari kengaytirilib, bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi. Aholining raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv-targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi. 200 nafarga yaqin aholi vakiliga IT, dasturlash, raqamli marketing va boshqa zamonaviy kasblarga o‘qish uchun o‘quv kurslariga yo‘llanmalar berildi.

O‘rganishlar davomida o‘z-o‘zini band qilish imkoniyatiga ega xotin-qizlar, yoshlar aniqlanib, ular tikuv mashinalari, jihozlar va boshqa ishlab chiqarish uskunalari bilan ta’minlandi. IT sohasiga qiziquvchi yoshlar va fuqarolarga zamonaviy kompyuter qurilmalari topshirildi.

N.Rahmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda “Raqamli mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda