Xorazmda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyatida Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Unda “Qalqon” jamoatchilik guruhlari a’zolari, talaba yoshlar, “Jasorat” maktabi o‘quvchilari hamda “otaliqqa” olingan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan foydalanilayotgan qurol-aslaha va harbiy texnikalar namoyish qilindi. Kamondan otish va ot sporti bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.
[gallery-27640]
Ishtirokchilar qurol-aslaha va texnikalarning texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali qo‘l jangi chiqishlari, xizmat itining buyruqlarni aniq bajarishi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, Milliy gvardiyaning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik M. Shermatov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, harbiy xizmatning ahamiyati, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning savollariga javob berilib, faol ishtirokchilarga minnatdorlik bildirildi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA