Gaz ta’minoti tizimini zamonaviylashtirish, iste’molni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan mexanizmlarini joriy etish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bugungi kun energetika sohasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xorazm viloyatida keng qamrovli loyihalar amalga oshirilmoqda. 

Ayni paytda jamiyat boshqaruvi raisi Ma’rufxon Xo‘jayev ushbu hududdagi avtomatlashtirilgan mahalla iste’mol nazorat-hisob balansi loyihasi doirasida olib borilgan ishlar bilan tanishdi. 

Jamiyat axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, loyiha doirasida viloyatning 12 ta mahallasida gaz ta’minoti tizimini takomillashtirish va raqamlashtirishga qaratilgan ishlar bajarildi. Jumladan, 50,9 kilometr gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirildi. 29,2 kilometr yer osti gaz tarmoqlarining texnik holati tekshirilib, ularning 8,9 kilometri yer ustiga chiqarildi. Bundan tashqari, 4884 ta xonadonda gaz ta’minoti ikki bosqichli tizimga o‘tkazildi hamda 105 ta o‘rta bosimli gaz taqsimlash punktlari demontaj qilindi. 

Shuningdek, 8 ta mahallaning kirish nuqtasiga elektron gaz hisoblagich uskunalari o‘rnatilib, avtomatlashtirilgan iste’mol nazorati va hisob balansi amaliyotga joriy etildi. 

Safar chog‘ida boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh Urganch shahridagi gaz taqsimlash stansiyasi faoliyati bilan ham tanishdi. Shundan so‘ng ular fuqarolar bilan uchrashib, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish choralarini ko‘rmoqda. 

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazmda gaz ta’minoti tizimi raqamlashtirilmoqda