Urganch shahridagi “Avesto” bog‘ majmuasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanada so‘zga chiqqan Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov voha ahlini qutlug‘ bayram bilan tabriklab, o‘tgan davr mobaynida viloyatda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari haqida to‘xtaldi, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz baxt-saodati yo‘lida olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyatini, uning samaralarini faxr bilan tilga oldi.
Ta’kidlandiki, eng ulug‘, eng aziz bayram shodiyonalari viloyatning shahru qishloqlarida, mahalla va ovullarida keng nishonlanmoqda. Istiqlolning 34 yilligiga bayram tuhfasi sifatida viloyatning turli hududlarida ijtimoiiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda yangi 34 ob’ekt foydalanishga topshirildi.
[gallery-25087]
Poytaxtdan tashrif buyurgan va viloyatimiz san’at ustalari ijrosidagi bayram dasturida ozod va obod yurtimiz, uning tolei baland mehnatkash xalqi, bugungi dorilomon kunlarga shukronalik avj pardalarda tarannum etildi.
Ayniqsa, spotchilar, harbiylar hamda bolajonlarning chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi. Dastur Urganch osmoni uzr go‘zal chaqnagan jozibador mushakbozlik bilan yakunlandi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari