FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida ham bugun birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi. 36 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qiz maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yib, 1-sinfga qabul qilindi.
Gurlan tumanidagi 5-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirok etdi.
[gallery-19109]
Ushbu maktab joriy yilda 9 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlanib, o‘quvchilarning puxta bilim olishi uchun barcha sharoitlarga ega bo‘ldi.
Viloyat hokimi maktab jamoasini yangi o‘quv yili bilan qutlab, ularga kelgusi o‘qish va ishlarida omad tiladi.
Shuningdek, viloyat hokimi Urganch shahridagi joriy yilda mukammal ta’mirlangan 13-umumta’lim maktabida ham bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni bilan tanishdi, 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi”ni topshirdi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA