Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yilning oxirida, 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, infratuzilma inshootlari qurib, turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Taqdimotda, avvalo, shu borada bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Aytib o‘tilganidek, joriy yilning yanvar-mart oylarida 188 ta loyiha ishga tushirilib, 1 ming 726 ta ish o‘rni yaratilgan. Suv tejovchi texnologiyalarni tatbiq etish orqali 4 ming gektarga yaqin yer foydalanishga kiritilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali tashkil qilingan. Amudaryo ustida yangi temir yo‘l ko‘prigi qurilishi boshlangan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Viloyatdagi siljishlarni izchil davom ettirish maqsadida joriy yil uchun 812 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Umumiy qiymati 1 milliard 320 million dollar bo‘lgan mazkur loyihalarning 770 tasi hududiy, 42 tasi tarmoqlarniki.

Sohalar bo‘yicha aytganda, ularning 273 tasi sanoat, 277 tasi xizmat ko‘rsatish, 262 tasi qishloq xo‘jaligiga oid. Bu loyihalar natijasida 23 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etish, 65 million dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilish mo‘ljallangan.

To‘qimachilik, avtomobilsozlik, elektr texnikasi va oziq-ovqat sanoati, turizm, xizmatlar, issiqxona xo‘jaligi Xorazm viloyatining asosiy “o‘sish nuqtalari” sifatida belgilangan.

Masalan, paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 49 ta loyiha taklif etilgan. Ularning samarasida viloyatda yetishtirilayotgan paxtani qayta ishlash darajasi 2 barobardan ziyod o‘sib, ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha 100 foizga yetadi. Xususan, ip-kalava tayyorlash quvvati 47 ming tonnadan 104 ming tonnaga, mato ishlab chiqarish 9 ming tonnadan 49 ming tonnaga, tayyor kiyim-kechaklar 47 million donadan 152 million donaga ortadi. Shunday korxonalar joriy yilda Qo‘shko‘pir, Shovot, Yangiariq, Bog‘ot tumanlarida ishga tushadi.

Avtomobilsozlikda 100 turdagi kuzov detallari, turli ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu mahsulotlar 20 million dollarlik import o‘rnini bosishi bilan ahamiyatli. Natijada Pitnakdagi zavodning lokalizatsiya darajasi 36 foizdan 45 foizga chiqadi.

Qurilish materiallari sanoatida 85 ta loyiha rejalashtirilgan. Masalan, Urganch shahrida gazoblok, keramik plita, gipsokarton ishlab chiqariladi, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida gulqog‘oz tayyorlash loyihasi kengaytiriladi.

Mazkur erkin iqtisodiy zonada elektr dvigatellar, Xiva shahrida gilam va polipropilen iplar ishlab chiqarish korxonalari ham ishga tushiriladi.

Qishloq xo‘jaligida yerlarni lazer yordamida tekislash va tomchilatib sug‘orishni keng joriy etish bo‘yicha ishlar boshlangan. Bu orqali paxtachilikda hosildorlikni 35 sentnerga, g‘allachilikda 66 sentnerga yetkazish maqsad qilingan.

Ma’lumki, Xorazm guruchining dong‘i ketgan, unga bozorda talab doim yuqori. Lekin viloyatda yer va suv imkoniyatlari cheklangani sababli sholini istalgancha ekib bo‘lmaydi. Shu bois yaxshi nav tanlash va xorij texnologiyasi asosida ekish orqali bor yerdan ko‘p hosil olish choralari ko‘rilmoqda. Buning uchun Xitoydan Xorazm tuproq-iqlim sharoitiga mos navlar keltiriladi. O‘tgan yilgicha maydonda, lekin undan 50 ming tonna ko‘p mahsulot olinadi. Bu 684 milliard so‘m qo‘shimcha daromad deganidir. Qolaversa, bu omilkorlik natijasida yiliga 113 million kub metr suv tejaladi.

Oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 151 ming tonna ko‘p meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, chorva sonini ko‘paytirish bo‘yicha 20 ta, parrandachilik yo‘nalishida 24, baliqchilikni sanoat usulida rivojlantirish bo‘yicha 8 ta loyiha amalga oshiriladi.

Taqdimotda turizm, energetika, charm-sanoat, zargarlik, qurilish sohasiga doir loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari mazkur rejalarni ma’qullab, shu bilan birga qo‘shimcha loyihalarni shakllantirish vazifasini qo‘ydi. Mahallalarda “o‘sish nuqtalari”ni topib, ish o‘rinlarini ko‘paytirish,  ularga ishsiz aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni joylashtirish, o‘zini o‘zi band qiladigan tashabbuskorlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyatida 812 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi