Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov “ASL PHARMA” kompaniyasi direktori doktor Alimgir Xon, ish boshqaruvchi direktorlar T.Akbarov va Shokirulloh bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, doktor Alimgir Xon 2020-2021 oʻquv yilida Saudiya Arabistoni, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Tanzaniya, Afgʻoniston davlatlaridan tibbiyot sohasida oʻqish istagi boʻlgan 200 dan ortiq abituriyentlarni TTA Urganch filialiga jalb qilish tashabbusini bildirdi. Bugungi kunga qadar 150 dan ortiq chet ellik abituriyentlar hujjat topshirgan.

Viloyat hokimi Farhod Ermanov TTA Urganch filiali professor oʻqituvchilarini Hindistonning yetakchi tibbiy muassasalarida malaka oshirishi, shuningdek, filial klinikasida hindistonlik jarrohlar bilan hamkorlikda yuqori texnologik sunʼiy boʻgʻim protezlash va buyrak transplantatsiyasi jarrohlik amaliyotlarini yoʻlga qoʻyish taklifini berdi.

***

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi xalq deputatlari Urganch tumani kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama etildi.

Sessiya ishida Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hamda viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tuman sektor rahbarlari, hokimning oʻrinbosarlari, tumandagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sessiyaga aloqador korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidan oʻrin olgan masala yuzasidan tuman hokimi Frunze Sharipovning maʼruzasi tinglandi. Maʼruza yuzasidan taklif va fikrlar bildirildi.

Pandemiya qoidalariga amal qilingan holda oʻtkazilgan sessiya kun tartibida muhokama qilingan masala yuzasidan qaror qabul qilindi.

***

Hazorasp tumanidagi “Shovot” mahallasida “Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida ommaviy yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari tashkil etildi. Unda tumanda istiqomat qiluvchi aholi ishtirok etdi.

Barcha ishtirokchilar karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda harakatlandi. Ommaviy yurish marafoni yakunida ular ertalabki badantarbiya mashqlarini ham bajardi. Taʼkidlash joiz, piyoda yurish va harakatlanish salomatlik uchun nihoyatda foydali boʻlib, bu kabi tadbirlar aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etishga xizmat qiladi. "Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostidagi ommaviy yurish marafoni doimiy tarzda viloyat boʻylab davom etadi.

***

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Koronavirus infeksiyasidan kasallangan bemorlarni davolash maskanlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek bemorlar va ishchi-xodimlarni xavfsizligini taʼminlash va xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish hamda xayot faoliyati maromini taʼminlashda tegishli xizmatlarning hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

185 nafar xodim, 35 ta texnika jalb qilingan tadbir davomida koronavirus infeksiyasidan kasallangan bemorlarni davolash markazidagi elektr tarmogʻi, gaz taʼminotining ishchi holati, zaxiraning mavjudligi, isitish qozonxonasining holati, zaxira elektr dvigateli bilan taʼminlanganligi mutaxassislar tomonidan oʻrganib chiqildi.

***

Xorazm viloyati barcha shahar va tumanlar hokimlariga oziq-ovqat zaxiralarini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Qoʻshkoʻpir tumanida Xorazmning barcha hududlarida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash, mahsulot zaxiralarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Unda viloyat hokimi Farhod Ermanov barcha shahar va tumanlar hokimlariga “Yangi Qoʻshkoʻpir meva-sabzavot tayyorlash va gʻamlash” korxonasida tashkil etilgan ishlarni namuna qilib koʻrsatdi va joylarda shunday oziq-ovqat zaxiralarini tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

***

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarini tashish va saqlash qoidalariga rioya etmagan holda yurtimizga yashirincha olib kirishga uringan kimsalarning qingʻir rejasiga bojxonachilar tomonidan chek qoʻyildi.

Xususan, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir oʻtkazdi.

Tadbir davomida fuqaro S.X. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida fuqaro Sh.A.ga tegishli boʻlgan, hujjatlari boʻlmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 113,5 million soʻmlik “Aktovegin”, “Dostinex” va “Kreon” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

***

Giyohvandlik vositalarining oldi-sotdisi bilan shugʻullanayotgan shaxslar fosh etildi.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga chek qoʻyishdi.

Oʻtkazilgan tadbir davomida fuqaro M.A va fuqaro Sh.Q.lar tomonidan shartli xaridorga 1 dona gugurt qutisiga joylashtirilgan 5,75 gramm ogʻirlikdagi marixuana giyohvandlik vositasini 430 ming soʻmga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Yana bir holatda fuqaro M.M. shartli xaridorga 2 dona gugurt qutisiga solingan, ogʻirligi 13,95 gramm boʻlgan “marixuana” giyohvandlik vositasini 800 ming soʻmga sotayotgan paytida ushlab qolindi.

Shundan soʻng, fuqaro M.M.ning yashash uyi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uyning yotoqxonasidagi shkafda gugurt qutisiga solingan, ogʻirligi 13,45 gramm boʻlgan marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan tadbir davomida jami 33,15 gramm marixuana giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm viloyati xabarlari qisqa satrlarda
Жамият
16:45 / 27:10:2020