Tashrifdan tashrifgacha

Keyingi yillarda Xorazm viloyati o‘zining iqtisodiy o‘sish va rivojlanishdagi muvaffaqiyatlari bilan tanilmoqda. Viloyatning infratuzilmaviy va ijtimoiy rivojlanishida iqtisodiyotning asosiy sektorlari hisoblangan qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm va infratuzilma yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlar, shuningdek, davlat dasturlari va investitsiyalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining 2024 yil 29 fevral – 1 mart kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida belgilab bergan vazifalari Xorazmning yangi qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda. 

Ikki milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan viloyatda joriy yilning birinchi choragida iqtisodiy o‘sish tezlashib, yalpi hududiy mahsulot o‘sishi 6,8 foizni tashkil etdi. Bunda sanoat ulushi 2024 yilda 2018 yildagi 13 foizdan 16 foizga, xizmatlar ulushi 36,3 foizdan 40,3 foizga yetdi. Shuningdek, hududda tashqi savdo aylanmasi 3,2 baravarga oshib, 857 million AQSH dollarga teng bo‘ldi. 

O‘tgan yili Turkiya, Xitoy, Germaniya, Eron, Rossiya kabi 16 ta davlat viloyatga 643 million 300 ming AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kiritgan. 

Misol uchun, rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda “Xorazm insuleyshen grup” qo‘shma korxonasi tomonidan 40 mln dollar investitsiya kiritilishi hisobiga bazal plitalar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunda 95 foiz quvvatda ishlamoqda. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda. 

Shuningdek, Urganch shahridagi “Geoteks prodakshen” MCHJ tomonidan geotekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, loyiha doirasida 12,3 million dollar xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi. Ushbu loyiha ishga tushirilganligiga bir oy bo‘lmasdan xorijga mahsulotlar eksport qilina boshladi. 

Darvoqe, xorazmlik eksportyorlar o‘tgan yilda 2023 yilga nisbatan 126 foizga ko‘p, ya’ni 420 million dollarlik mahsulotlarni xorijga eksport qildi.

Viloyat sanoati 8 yil oldin asosan oziq-ovqat va to‘qimachilikka bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda viloyatda mebel sanoati, tayyor tikuvchilik mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda. So‘nggi 8 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,3 barobarga o‘sib, 2024 yilda 29 trln so‘mlik avtomobilsozlik, tayyor tekstil mahsulotlari, mebel qurilish materiallari ishlab chiqarildi.

Oxirgi bir yilda davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan viloyatga investitsiya kiritish istagidagi salohiyatli investorlar va tadbirkorlar bilan muzokaralar o‘tkazilib, yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, “New Best style” (3D gulqog‘oz ishlab chiqaradi), “Khorazm Insulation Group” (bazalt plitasi), “Sulaymon plast” (plastmassa truba va fitinglar), “Khiva Cluster” (ip-gazlama), “Textile Finance Khorezm” (aralash tolali ip kalava) kabi yirik sanoat korxonalari ishga tushdi. Joriy yil yakuniga qadar esa “Carwings Xorazm plast” (avtomobil uchun plastmassa ehtiyot qismlar), “Arton Urgench” (avtoklav gazoblok), “Hvara” (dori- darmon vositalari), “Eko klaster” (plastmassa va karton qog‘oz mahsulotlari), “Silkwaytex” (yumshoq mebellar uchun chexol) kabi yirik quvvatlar ishga tushiriladi.

Shu bilan birga, eski Shovot MTP binosida 2,5 gektar maydonda 45 mlrd so‘mlik angar usulida tayyor tikuv-trikotaj kompleksi ishga tushirilib, 50 ta tadbirkorlik sub’ektiga tayyor holda sanoat ipotekasi asosida beriladi. Ushbu ob’ektning ishga tushirilishi natijasida 3,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Jami 377 gektar yer maydoniga ega “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kungacha qiymati 65 million dollarlik 16 ta loyiha ishga tushirilib, 1 ming 400 ga yaqin yangi ish o‘rni shakllantirildi. 

Shuningdek, viloyatda jami 118 gektar yer maydonida 32 ta kichik va yoshlar sanoat zonalari tashkil etilgan. Bugungi kunda ushbu sanoat zonalariga jami 419 ta loyiha joylashtirildi. Shulardan 163 ta loyiha ishga tushirilib, ikki mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan. Ushbu korxonalarda yiliga 400 milliard so‘mlik 100 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. 

Mamlakatimiz iqtisodiyotida mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, importga bog‘liqlikni kamaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish dasturi Xorazmda ham o‘zining yuqori samaradorligini namoyon qilmoqda. 

Jumladan, 2024 yilda mahalliylashtirish dasturi doirasida 1 milliard 640,6 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, bu orqali mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shimcha qiymat qo‘shildi va eksport salohiyati ham kengayib, 12,4 million dollarlik mahalliy mahsulotlar xorijga eksport qilindi. Joriy yilda esa mazkur yo‘nalishda jami 70 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, e’tiborlisi, yanvar-mart oylarining o‘zida 59 ta loyiha doirasida 410,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu esa rejaning 187 foizga bajarilganini anglatadi va mahalliy ishlab chiqarish salohiyatining oshib borayotganini ko‘rsatadi.

Prezidentimiz oldingi tashrifi chog‘ida viloyatda qurilish va bunyodkorlik yo‘nalishidagi ishlarni jadallashtirish borasida ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edi. Xorazm viloyatida o‘tgan yilda umumiy qiymati 10,6 trillion so‘mlik qurilish, bunyodkorlik ishlari olib borildi. Solishtirish uchun, 2016 yilda viloyatda qurilish-pudrat ishlari hajmi atigi 1,2 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu raqam 8 barobardan ziyodga oshgan.

Mahallalar bo‘yicha olib qaralganda davlat va mahalliy dasturlar doirasida viloyatdagi 330 tadan ziyod mahallalarda 1,2 trln so‘mlik 500 tadan ortiq ob’ektlarda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Yuzdan ortiq maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi, ellikdan ortiq tibbiyot ob’ekti, elektr tarmog‘i, ichimlik va oqova suv inshootlari, avtomobil yo‘li va boshqa infratuzilma ob’ektlari foydalanishga topshirildi. 

Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 5 ming 500 ta xonadonli 191 ta ko‘p qavatli uy qurildi. Bu ishlar natijasida 800 ming nafardan ziyod aholining turmush sharoiti yaxshilandi.

Shuningdek, Urganch shahrida 130 gektar maydonda barpo etilayotgan “Al-Xorazmiy” shaharchasida 143 ta ko‘p qavatli uy qurish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 1789 xonadonli 73 ta uy foydalanishga topshirildi. 2025 yilda esa qo‘shimcha 1 ming 65 xonadonli 28 ta uy qurilishi ko‘zda tutilgan. 

O‘tgan davrda Xorazm viloyatida transport sohasini rivojlantirish, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish va logistika xizmatlarini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Viloyat hududida hozirgi kunda 92 ta yo‘lovchi tashuvchi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tasarrufida  2 ming 759 ta avtotransport vositasi mavjud. Bundan tashqari, 1 ming 7940 ta o‘zini o‘zi band qilgan yo‘nalishsiz taksi ham faoliyat olib bormoqda. 
Urganch–Xiva–Urganch yo‘nalishida 9 ta trolleybus qatnovi tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilda ushbu yo‘nalish uchun yana 10 ta yangi trolleybus sotib olinadi va qatnov oraliqlari ikki barobar qisqartirilishi rejalashtirilgan.

Urganch shahrida jamoat transporti qatnovlarini avtomatlashtirilgan monitoring tizimi orqali kuzatish va elektron to‘lov tizimi joriy qilindi. Bu esa jamoat transporti faoliyatining shaffofligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, shahar ichi yo‘nalishlari uchun 50 ta zamonaviy avtobus xarid qilinib, cheklangan tariflar asosida 4 ta yo‘nalishda brutto-shartnoma bo‘yicha yo‘lovchi tashish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Viloyatning havo transporti sohasida ham muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Urganch xalqaro aeroporti orqali haftasiga 30 ta mahalliy va 38 ta xalqaro yo‘nalish bo‘yicha jami 68 ta aviaqatnov amalga oshirilmoqda. 2024–2025 yillarda aeroportni davlat-xususiy sheriklik asosida rekonstruksiya qilish, modernizatsiya va samarali boshqarish maqsadida o‘tkazilgan tenderda Janubiy Koreyaning “Incheon International Airport Corporation” kompaniyasi g‘olib deb topilib, yo‘lovchi va yuk terminallarini qurish, yerda xizmat ko‘rsatish va boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Ushbu loyiha natijasida Urganch xalqaro aeroportining xizmat ko‘rsatish sifati va salohiyati oshadi, turistlar oqimi ko‘payishi hamda xalqaro yuk tashish imkoniyatlari kengayadi. 

Ta’lim odamlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, yangi avlodni shakllantirishga yordam beradi. Shu bilan birga mamlakatning ertangi kunini belgilaydi. 
Ayni payda viloyatda 2 ming 51 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va 555 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Islohotlar natijasi doirasida bugungi kunda viloyatda maktabgacha ta’limda qamrov 82,9 foizga yetkazilgan. 2018 yilda esa bu ko‘rsatkich 27 foiz bo‘lgan.

Bugun aholiga 189 ta davlat tibbiyot muassasai, 100 ta mahalla tibbiy punkti hamda 501 ta xususiy tibbiyot muassasasi orqali tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Birlamchi tizimda kasalliklarning oldini olish, erta bosqichlarda aniqlash maqsadida o‘tgan yili viloyat aholisining 94 foizi tibbiy xatlovdan o‘tkazildi. 

Prezidentimizning topshiriqlariga ko‘ra, Urganch tumanidagi poliklinika va shifoxonaning takrorlanadigan vazifalarini umumlashtirib, yangicha xizmat ko‘rsatish tizimiga o‘tkazilishi lozim edi. Ayni paytda Urganch tumani tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasi va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida laboratoriya, fizioterapiya va davolash fizkulturasi yo‘nalishida xizmatlar umumlashtirilib, stirilizatsiya, laboratoriya xizmati markaziy shifoxonaning laboratoriya bo‘limida, fizioterapiya va davolash fizkulturasi xizmatlari yangicha xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘yicha tashkil etildi. 

IT-park rezidentlari viloyatda 85 tani tashkil etadi. Rezident korxonalarning 26 tasi eksportyor korxonalar bo‘lib, ular tomonidan AQSH, Rossiya, Xitoy, Malayziya, Litva va Irlandiya kabi davlatlarga xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Xorazm viloyatiga xorijiy IT kompaniyalarni jalb etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida viloyatda chet el kapitali ishirokidagi Malayziya davlatining 2 ta kompaniyasi tashkil etildi. “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi hisoblangan “Kursera” platformasida 59 ming nafar yoshlar o‘qitildi. 

Xorazm viloyatining tarixiy va madaniy ahamiyati uning turizm salohiyatini oshiradi. Prezidentimiz Xorazmda turizm infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish sohasiga yangi investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha ham vazifalarni belgilab bergan edi. 

Shovot va Yangiariq tumanlarida ziyorat turizm yo‘nalishi, Bog‘ot tumanida ekoturizm hamda sog‘lomlashtirish turizmi yo‘nalishi, Xiva tumanida baliqchilik va ekoturizm yo‘nalishi hamda Xiva shahrida yoshlar turizmi yo‘nalishida turizm namoyish ob’ektlari tashkil qilinib, turistik marshrutlarga kiritildi.

Jumladan, Shovot tumanida ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida “Yusuf Xamadoniy” ziyoratgohi to‘liq yangidan ta’mirlandi. Majmuaga yiliga 20 mingdan ortiq xorijiy va 150 mingdan ortiq mahalliy ziyoratchilarning tashrif buyurish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, Bog‘ot tumanidagi “Qal’ajiq qal’a” majmuasida ham 126 gektar maydonda 100 milliard so‘m investitsiya kiritilishi hisobiga ekoturizm hamda sog‘lomlashtirish turizmi yo‘nalishida xorijiy va mahalliy sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik majmua tashkil qilindi.

Yaqinda viloyatda turizm yo‘nalishidagi eng yirik loyihalardan biri bo‘lgan Xiva shahridagi “G‘ovuk” ko‘li atrofida 1,1 trillion so‘mlik investitsiya hisobiga 24,5 gektar maydonda 250 dan ortiq turizm ob’ektlarini o‘z ichiga olgan “Arda Xiva” turistik majmuasi barpo qilindi.

Majmuada 8 ta mehmonxona, 12 ta oilaviy mehmon uyi, 2 ming kishilik ochiq va yopiq akvapark va attraksionlar, 30 ta savdo do‘koni va 100 ta rasta, 3 ming o‘rinli amfiteatr, 11 ta hunarmandlar uyi, 1000 o‘rinli avtoturargoh, Sharq bozori majmuasi, 5 ta kino va konsert zali, 9 ta restoran, 1 ta tarixiy muzey, 1 ta musiqali favvora, sayr uchun 4 km sohil bo‘yi, suv mototurizmi (skuter va katamaronlar), ko‘rgazmalar paviloni va zargarlik markazi mavjud. 

Majmua yiliga bir million mahalliy va xorijiy sayyohni qabul qiladi hamda ikki mingdan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlaydi. 

Bundan tashqari, turistlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish qilish maqsadida har yili Xorazm viloyatida 10 dan ortiq xalqaro festivallar, 20 ortiq mahalliy ommaviy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. “Xiva 2024 yilda Islom dunyosining turizm shahri”, “Qovun sayli”, “Lazgi” xalqaro raqs festivali, “IV Xalqaro baxshichilik san’ati” festivali, iyun oyida “Strongmen” xalqaro bahodirlar o‘yini, “Xorazm xonlari milliy taomlari” xalqaro gastronomik festivali, “Gilamlar jilosi”, “Xorazm baliq taomlari” festivali shular jumlasidandir. 

Xullas, ushbu tendensiyalar kelgusida viloyatning iqtisodiyotini yanada yaxshilash va xalq farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Xorazm esa yangi O‘zbekistonning strategik va iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli hududi sifatida keying yillarda ham iqtisodiy rivojlanib, yangi va jozibador qiyofa kasb etib boraveradi. 

Ahmadjon Shokirov,

Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xorazm iqtisodiy jihatdan o‘sib, yangi qiyofa kasb etmoqda