XOQ keyingi rahbari kim bo‘ladi?
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentligi uchun da’vogarlar bahsi boshlandi. Bu haqda insidethegames.biz sayti xabar tarqatdi.
Ushbu lavozimga nomzodini ilgari surganlar orasida Xalqaro yengil atletika federatsiyasi – “World Athletics” amaldagi rahbari Sebastyan Kou, o‘z davrida mazkur nufuzli tashkilotni ko‘p yillar boshqargan Xuan Antonio Samaranchning o‘g‘li, Jahon velosipedchilar ittifoqi prezidenti David Lapparten, Iordaniya shahzodasi Faysal Al-Husayn, Xalqaro gimnastika federatsiyasi rahbari Morinari Vatanabe, XOQ ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Pan Amerika “Sports” tuzilmasi yetakchisi Neven Ilich kabi o‘nlab mutasaddilar bor.
Kengayib borayotgan norasmiy nomzodlar ro‘yxatidan jami to‘rt ayol, besh erkak joy olgan. Bu kurashda hozircha Kou va Lapparten boshqa raqobatchilardan ustun ekani taxmin qilinmoqda.
XOQ yangi prezidenti Gretsiyada bo‘lib o‘tadigan tashkilotning 143-sessiyasida 111 nafar Ijroiya qo‘mita a’zolari tomonidan saylanadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA