Xonqaning turistik imkoniyatlari örganildi
Urganç davlat universiteti professor-öqituvçilari va talabalari Xonqa tumanida bölib, hududning turistik salohiyatini oşiriş, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş va milliy hunarmandçilikni rivojlantirişga qaratilgan loyihalar bilan tanişdi.
Taşrif davomida iştirokçilar “Durgadik patir” etnooşxonasi loyihasi asosida taşkil etilgan milliy non yopiş markazi faoliyatini közdan keçirdi. Şuningdek, Xorazmning qadimiy hunarmandçilik anʼanalaridan biri bölgan kulolçilikni qayta tiklaş, rivojlantiriş va kelgusi avlodlarga yetkazişga qaratilgan “Madir kulolçilik maktabi” loyihasi doirasida taşkil etilgan hunarmandçilik ustaxonasida böldi.
Muloqotlar çoğida milliy hunarmandçilik anʼanalarini saqlaş va rivojlantiriş, ularni zamonaviy turizm bilan uyğunlaştiriş, mazkur maskanlarni sayyohlik yönalişlariga kiritiş yuzasidan fikr almaşildi.
[gallery-32466]
Behzodbek SAIDOV (surat), ÖzA