Xonqa tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov Xonqa tumani hokimi lavozimiga Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich nomzodini tavsiya etdi.
Muzokaralardan keyin deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qulladilar.
Yangi lavozimga tasdiqlangunga qadar Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich Yangibozor tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
A.Shokirov, O‘zA