Xonkendi, Xo‘jali, Og‘dar va Jabroniga aholi qaytmoqda
Ozarbayjonning ozod etilgan hududlariga aholi qaytmoqda.
“AzerTAJ” xabariga ko‘ra, Xonkendi shahri yaqinidagi Karkijahon, Xo‘jali tumani Tolabini, Xonyurdi, Xonobod va Bolcha, Og‘dar tumani Rangli, Chopar, Orog‘i-O‘ratog‘ hamda Jabroni tumani Shukurberdi qishloqlariga aholining ommaviy qaytishi davom etyapti. Ko‘chib kelayotganlar respublikaning turli joylarida asosan yotoqxona, sanatoriy va ma’muriy binolarda vaqtincha istiqomat qilayotgan oilalardir.
Navbatdagi bosqichda Lankani shahriga 3 oila – 13 kishi, Xonkendining Ko‘rkichaman qishlog‘iga 5 oila – 22 kishi, Tolabiniga 7 oila – 31 kishi, Xonyurdiga 5 oila – 22 kishi, Xonobodga 2 oila – 10 kishi, Bolchaga 1 oila – 4 kishi, Rangliga 4 oila – 14 kishi, Choparga 4 oila – 11 kishi, Orog‘i O‘ratoqqa 4 oila – 9 kishi, Shukurbeyliga 24 oila – 148 kishi keldi.
Tug‘ilgan yurtiga qaytgan aholi har tomonlama davlat g‘amxo‘rligi ostida bo‘ladi.
Abdug‘afur Mamatov, O‘zA