O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimligi bilan hamkorlikda "Xon atlas" kuniga bag‘ishlangan festival bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda musiqiy chiqishlar, liboslar defilesi, milliy liboslarimizda xalqimizning asrlarga tutash o‘tmishi, urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan sahna ko‘rinishi, milliy liboslar hamda milliy qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmasi va uning doirasida mahorat darslari tashkil etildi.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/_ylFsndZ1OQ" title="“Xon-Atlas”: anʼanalar davomiyligi va zamonaviylik" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Tadbir davomida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, texnika fanlari nomzodi, professor Xolida Kamilova shogirdlari kolleksiyasiga oid milliy liboslar defilesi, yog‘och dastgohda mohir hunarmand Alisher Axmadaliyev  tomonidan mato to‘qish bo‘yicha mahorat darsi, qo‘l kashtachiligi bo‘yicha Mannopova Maftuna, "Tumor" xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish markazidan milliy qo‘g‘irchoqlar yasash bo‘yicha Jo‘rayeva Sayyora tomonidan mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyining "Mato" kolleksiyasida jami 422 ta mato namunalari mavjud bo‘lib, ulardan 148 donasi atlas matolarini tashkil etadi.

"Xon atlas" tadbiri yoshlarda milliy merosimizni qadrlash va uni avaylash tuyg‘usini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Xon-Atlas": an’analar davomiyligi va zamonaviylik (+video)