Xomaşyodan yuqori qiymatgaça: Buxoroda neft-kimyo sanoatining yangi zanjiri yaratilmoqda
Prezident taşrifidan söng...
Prezident Şavkat Mirziyoyev 3-noyabr kuni Buxoro viloyatiga taşrifi doirasida Buxoro tumanida joylaşgan “Tekhnochem” neft-kimyo klasterida bölib, majmuani kengaytiriş istiqbollarini közdan keçirdi. Bu yerda 2028-yil yakuniga qadar qiymati 292 million dollarlik yirik investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Buning evaziga korxonaning yillik qayta işlaş quvvati yana 400 ming tonnaga oşadi va 700 ta yangi iş örni yaratiladi.
Uşbu strategik loyiha mamlakatimizda neft va gaz xomaşyosini çuqur qayta işlaş, import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş hajmini oşiriş hamda eksport imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirişga xizmat qiladi.
Maʼlumot uçun, hozirda 69 gektar maydonni egallagan uşbu klasterda 500 nafarga yaqin mahalliy aholi mehnat qilmoqda. Korxona yiliga 100 ming tonna piroliz distillyati, şuningdek, 160 ming tonna nafta va gaz kondensatini qayta işlaş quvvatiga ega. Majmuada neft va metanolni çuqur qayta işlaş yönalişlari ham yölga qöyilgan.
Uşbu xomaşyolardan nafaqat anʼanaviy yonilği, balki kimyo sanoati uçun zarur bölgan yuqori qiymatli mahsulotlar ham oliş mumkin. Jumladan, majmuada işlab çiqariladigan oktanbuster benzinning sifati va oktan sonini oşirişda qöllansa, tayyorlanadigan eritgiçlar böyoq, lak, yelim hamda maişiy kimyo mahsulotlari korxonalari uçun asosiy xomaşyo hisoblanadi. Şu tariqa, mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaş orqali uning qiymatini bir neça barobarga oşiriş va turdoş sanoat tarmoqlarini zarur mahsulotlar bilan taʼminlaş imkoniyati yaratilmoqda.
Klaster rahbari Azimjon Xayrullayevning taʼkidlaşiça, mazkur yirik loyiha davlatimiz rahbarining avvalgi taşrifi çoğida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida şakllangan. Öşanda Buxoro neftni qayta işlaş zavodi atrofida yangi turdagi korxonalar taşkil etiş va tayyor xomaşyodan yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar ajratib oliş vazifasi qöyilgan edi.
– Biz Buxoro neftni qayta işlaş zavodining işlab çiqariş zanjiriga integratsiyalaşgan holda qanday xizmat körsata olişimiz va uning mahsulotlari negizida qanday yuqori qöşilgan qiymatli tovarlar işlab çiqarişimiz mumkinligi ustida boş qotirdik, – deydi Azimjon Xayrullayev.
Şundan söng xorijiy hamkorlar bilan faol muzokaralar boşlanib, ilğor texnologiyalar örganildi. Infratuzilmani rivojlantiriş maqsadida quriliş işlari bilan bir vaqtda 25 ming kilovatt quvvatga ega podstansiya barpo etildi, gaz quvuri tortilib, barqaror suv taʼminoti yölga qöyildi. Natijada qisqa muddatda – bor-yöği ikki yil içida majmuaning asosiy qismi qurib bitkazildi. Kanadalik hamkorlar bilan birgalikda neft-kimyo va gaz-kimyo jarayonlarida hosil böladigan qöşimça mahsulotlardan eng qimmatli kimyoviy moddalarni ajratib olişga möljallangan zamonaviy texnologiyalar olib kelindi.
Bu jarayonga “Uz-Kor Gas Chemical” qöşma korxonasida işlab çiqariladigan piroliz distillyati misol böla oladi. Uşbu mahsulot tarkibida benzol, toluol va ksilol kabi kimyoviy moddalar mavjud bölib, ular mahalliy kimyo sanoatida keng turdagi tayyor mahsulotlar işlab çiqariş uçun eng muhim xomaşyo hisoblanadi.
– Biz neft-kimyo va gaz-kimyo jarayonlarida yöldoş mahsulot hisoblangan xomaşyodan qimmatli moddalarni ajratib oliş texnologiyasini joriy etdik, – deydi klaster rahbari Azimjon Xayrullayev. – Uşbu moddalar keyingi bosqiçdagi işlab çiqariş tarmoqlari uçun zarur bölgan qimmatli xomaşyo bazasini şakllantiradi.
Bunday texnologik yondaşuvning iqtisodiy ahamiyati juda yuqori. Zero, bir korxonada hosil bölgan qöşimça mahsulot boşqa bir quvvatda qayta işlanadi va undan mutlaqo yangi, yuqori qiymatli mahsulot olinadi. Natijada xomaşyodan kompleks foydalaniş imkoniyati kengayib, tayyor mahsulotlar importiga bölgan ehtiyoj sezilarli darajada qisqaradi. Eʼtiborlisi, Buxoro viloyatida bu jarayonlar yirik sanoat korxonalarini modernizatsiya qiliş va tarmoqlararo kooperatsiyani kuçaytiriş bilan hamohang tarzda olib borilmoqda.

Jumladan, Qorovulbozor tumanida joylaşgan Buxoro neftni qayta işlaş zavodida qiymati 328 million dollarlik alohida modernizatsiya loyihasi rejalaştirilgan. Uning doirasida korxonada yangi gidrotozalaş va izomerizatsiya qurilmalari örnatilib, Yevro-5 ekologik standartlariga töliq javob beradigan AI-92 va AI-95 markali benzinlar işlab çiqariş hajmi kengaytiriladi. Natijada zavodning yillik xomaşyo qayta işlaş quvvatini 5 million tonnaga yetkaziş közda tutilgan.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, joriy yilning töqqiz oyi davomida zavodda 12,1 trillion sömlik 1,36 million tonna neft mahsulotlari işlab çiqarildi. Mahsulot va xizmatlar eksporti esa 99,5 million dollarni taşkil etdi. Yil yakuniga qadar uşbu körsatkiçni 116 million dollarga yetkaziş maqsad qilingan. Hozirda korxonada 3 ming 200 nafardan ziyod yuqori malakali mutaxassis mehnat qilmoqda.
Öz navbatida, “Tekhnochem” klasteri rivojlanişining navbatdagi bosqiçi gaz kondensati va naftani qayta işlaşni kengaytiriş, aromatik uglevodorod hamda yangi turdagi eritgiçlar işlab çiqarişni yölga qöyişga qaratilgan. Qiymati 292 million dollar bölgan uşbu investitsiya loyihasi evaziga yillik qayta işlaş quvvati qöşimça 400 ming tonnaga oşadi. Yangi quvvatlar işga tuşişi bilan 700 ta yangi iş örni yaratiladi.
Bu esa hududda texnolog, muhandis, kimyogar va laboratoriya mutaxassislariga bölgan talabni keskin oşiradi. Şu bois davlatimiz rahbari taşrif davomida viloyatda kasbiy taʼlim va işlab çiqariş tarmoqlari örtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlaş zarurligini alohida taʼkidlab ötdi.
Klasterning eksport salohiyati ham keng kölamli bölib, korxona Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afğoniston hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yiliga 180 ming tonnaga yaqin neft-kimyo mahsulotlari, avtobenzin va dizel yonilğisi yetkazib berişni maqsad qilgan. Şu bilan birga, keyingi bosqiç uçun yangi yönalişlarni örganiş işlari allaqaçon boşlab yuborilgan. Xususan, 2028–2030-yillarda yiliga 150 ming tonna suyultirilgan gazni qayta işlaş loyihasini hayotga tatbiq etiş böyiça xorijiy hamkorlar bilan faol muzokaralar olib borilmoqda.
Azimjon Xayrullayevning taʼkidlaşiça, Prezidentning bu galgi taşrifi davomida ham istiqbolli loyihalar yuzasidan yangi takliflar ilgari surilgan.
– Biz hozirda yana yangi texnologiyalarni joriy qiliş ustida işlayapmiz, – deydi u. – Davlatimiz rahbariga bir neçta yangi takliflarimizni taqdim etdik. Ular maʼqullanib, tegişli qimmatli maslahatlarni oldik. Nasib qilsa, yaqin vaqt içida keyingi loyihalarimizni amalga oşirişga kirişamiz.
Muxtasar aytganda, klasterning bugungi işlab çiqariş imkoniyatlari va kelgusi rejalari Buxoro viloyatida neft-kimyo sanoati rivojlanişining mutlaqo yangi bosqiçga çiqqanidan dalolat beradi. Mavjud xomaşyoni çuqur qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar oliş va işlab çiqariş zanjirini uzaytiriş uşbu islohotlarning boş mezonidir. Endilikda rejalaştirilgan quvvatlarni qisqa muddatlarda işga tuşiriş va ulardan samarali foydalaniş boş vazifa hisoblanadi. Qöşimça 400 ming tonna qayta işlaş quvvati, 700 ta yangi iş örni hamda yillik 180 ming tonnaga yaqin eksport körsatkiçlarining taʼminlanişi klasterning nafaqat işlab çiqariş kölamini, balki hudud iqtisodiyotidagi strategik örnini yanada mustahkamlaydi.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA muxbiri