Xolmirzayev O‘smonali Isomiddin o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“9-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirish jarayonini uy tajribalari asosida takomillashtirish” mavzusida
Xolmirzayev O‘smonali Isomiddin o‘g‘lining “13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) ixtisosligi bo‘yicha “9-sinf o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirish jarayonini uy tajribalari asosida takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2023-yil 29-sentyabr kuni soat 09:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 170100, Andijon shahri, Universitet ko‘chasi 129-uy, Andijon davlat universiteti asosiy binosi 5-qavat, 505-xona.
Tel.: (74) -223-88-30. faks: (74) -223-84-33,
ye-mail: agsu_info@edu.uz