Xolimtayeva Ikbol Ubaydullayevnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Tashkilotlarda axborot xavfsizligi auditini o‘tkazishning model va algoritmlari” mavzusida
Xolimtayeva Ikbol Ubaydullayevnaning 05.01.05 - “Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot va kiberxavfsizlik” ixtisosligi bo‘yicha “Tashkilotlarda axborot xavfsizligi auditini o‘tkazishning model va algoritmlari” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.09/2025.27.12.T.01.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 26-sentabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Ye bino 101-xona.
Tel.: (+99871) 238-64-15
E-mail: info@tuit.uz