Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Xo‘jaikon” tuz koni hududida Eronning “Kapa yurt salt taun” mas’uliyati cheklangan jamiyati Germaniyaning “Bizayla” kompaniyasi hamkorligida qiymati 50 million dollarga teng “Salomatlik turizmi” shaharchasini bunyod etmoqda.

Ko‘hitang tog‘ tizmasi qo‘ynida dengiz sathidan 1 ming 200 metr balandlikda “Xo‘jaikon” tuz g‘ori bor. Bu yerda 35 yilcha avval barpo etilgan uzunligi 200 metrli g‘or devorlari 1-3 santimetrgacha tuz qatlami bilan qoplangan. Tabiatning mo‘’jizakor shifobaxsh maskanida yozning chillasida ham havo harorati mo‘’tadil iliq bo‘ladi. Tabiiy tuzlardan hosil bo‘lgan nafis san’at galereyasini eslatadigan noyob g‘orning ichki uzun yo‘lakchasida tuz eritmali shifobaxsh suv sizib turadi. Xonalarning harorati, namligi, bosimi va mikroiqlimi bir-biridan farq qilib, turli kasalliklarga malham bo‘ladi.

Mutaxassislar g‘ordagi muhit yuqori nafas olish a’zolari, jumladan, yurak qon tomir tizimi kasalliklarining 1-2 bosqichlari va endokrin tizimi kasalliklariga shifo bo‘lishini aniqlagan. Zob-bo‘qoq kasalliklaridan aziyat chekadigan insonlarga yordam berib, qon bosimini me’yorlashtiradi. Bronxit, astma, yosh bolalarda surunkali laringit, katta va kichik yoshdagi rinit, polinoz, zotiljam, pnevmoniya, o‘pkaning shamollashi, asab sistemasi kasalliklarini samarali davolaydi. Sho‘r suvi stomatit, polinoz, allergik dermatit, parodontoz, teri kassaliklaridan forig‘ bo‘lishga ko‘maklashadi. 

– Yangi loyiha 2025-2035 yillarda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari – turizm boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayev. – Bu yangilik hududning tabiat in’om etgan imkoniyatlarini zamonaviy turizm va iqtisodiyot rivojiga yo‘naltiradi. Nafaqat mamlakatimiz, balki xorijdan ham keluvchi sayyohlar sonini tubdan oshiradi.

Tog‘lar qo‘ynidagi hududda bir yo‘la besh yuz sayyohga mo‘ljallangan mehmonxona va kapsula uylar qad rostlaydi. Tuzli basseynlar, tuz vannalari, sog‘lomlashtirish markazlari quriladi. Amfiteatr, hunarmandchilik markazi, tuz muzeyi tashkil etiladi. Sun’iy tuz ko‘li va yashil maydonlar yaratiladi. Hududda elektr energiyasi, gaz, internet, mobil aloqa sifati yanada oshirilib, temir yo‘l infratuzilmasiga bog‘lanadi. “Toxirshoh ota” maqbarasi obodonlashtirilib, ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha sarmoyadorlar so‘lim go‘shada 20 dan ortiq kapsula uy barpo etdi. Loyiha to‘liq ishga tushgach, yiliga o‘rtacha 200 ming mahalliy va xorijlik turist kelishi, 250 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, tuz koni joylashgan Chorbog‘ mahallasi “Turizm qishlog‘i” maqomini olishga puxta hozirlik ko‘rayotir. Loyiha to‘liq ishga tushgach, mahalla vohadagi eng gavjum tibbiy, eko va ziyorat turizmi maskaniga aylanadi.

Tog‘ tizmasi etaklarining janubi-sharqiy yon bag‘rida 83 yil ilgari ishga tushirilgan kon yirik tuz zaxirasiga ega. U yotiq sinklinal burmada, oq tuzlar yuqori, qizil tuzlar pastda joylashgan. Xorijlik investorlar bu yerda zamonaviy texnologiyalar asosida tuz qazib olish, qayta ishlash va qadoqlash liniyasini ham tashkil etib, “O‘ZSALT” brendi bilan sifatli iste’mol tuzi ishlab chiqarish va bir qismini eksport qilishni rejalashtirmoqda. Tabiiy tuz bo‘laklaridan turli suvenirlar yasash yo‘lga qo‘yiladi.

Istiqbolli loyiha bu yerning iqtisodiy imkoniyatlari va shifobaxsh xususiyatlaridan zamonaviy yondashuvlar asosida samarali foydalanib, hududni ham iqtisodiy, ham turistik yuksaltirishga, yurtimizning boy sayyohlik salohiyatini dunyoga yanada keng namoyon etishga xizmat qiladi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Xo‘jaikon” tuz koni hududida “Salomatlik turizmi” shaharchasi qad rostlamoqda