Vatanimiz tarixidagi 21-oktabr sanasi bilan bogʻliq ayrim voqealar bayoni.

Kun tarixi

1529-yil (bundan 491 yil oldin) – Xurosonga yurish qilgan shayboniy Ubaydulloh bir necha oylik qamaldan soʻng hijriy 936-yil safar oyining oʻn sakkizinchisi(1529-yil 21-oktabr)da Hirot shahrini toʻrtinchi marta egalladi. Biroq shu yili 28-dekabrda Shayboniylar sulolasining xoni Koʻchkunchixon Samarqandda vafot etib, Ubaydulloh taʼziyaga ketgach, Hirot yana qoʻldan chiqdi. U keyinchalik Hirotni beshinchi marta ham egallagan.

Maʼlumot oʻrnida qayd etish joizki, Ubaydulloh – Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning oʻgʻli. Otasining iltimosiga koʻra, unga Xoja Ubaydulloh Ahror oʻz ismini bergan (Boburga ham Zahiriddin Muhammad ismini aynan Hoja Ubaydulloh Ahror qoʻygan edi). Buxoroda Mir Arab nomi bilan mashhur boʻlgan davlat arbobi va sarkarda amir Abdulla Yamaniy unga harbiy sanʼatdan saboq bergan.

Ubaydulloh 1533-yilda turkiy anʼanaga binoan sultonlar ichida eng yoshi ulugʻi sifatida Buxoroda shayboniylar sulolasining xoni qilib koʻtarilgan. Poytaxt ham Samarqanddan Buxoroga koʻchirilib, davlatning nomi rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb atalgan. Ubaydullohxon “Ubaydiy”, “Qul Ubaydiy”, “Ubaydulloh” taxalluslari bilann oʻzbek, fors va arab tillarida ijod qilgan.

1888-yil (bundan 132 yil oldin) – kasbi boʻyicha ikkinchi gildiya savdogari, mahalliy ipak, jun hamda ip-gazlama buyumlari fabrikasinnng xoʻjayini Mirza Abdulla Buxoriyning roziligi bilan Peterburgga 6 quti qadimgi tanga va boshqa narsalar yuborildi. Hammasi boʻlib joʻnatilgan 6 ming 300 qadimiy antiqa buyumlarning koʻpchiligi Arxeologiya komissiyasi tomonidan qabul qilindi. Shu yili komissiya bu buyumlar ichidan Ermitaj muzeyi uchun tunjdan ishlangan sharq oynasi bilan mis koʻzani tanlab oldi.

Tarixchi olim Haydarbek Bobobekovning qayd etishicha, oradan bir yil oʻtgach Mirza Abdulla 13 ta oltin va mis tanga, yana ikki yildan soʻng esa Ermitaj uchun 11 ta sopol idish ham yubordi. Bu bilan katta miqdordagi noyob eksponatlarning yurtimizdan chiqib ketishida ishtirok etdi. Mazkur qadimiy antiqa buyumlar tariximiz va madaniyatimizning bir boʻlagi edi.

1917-yil (bundan 103 yil oldin) – deputat Munavvarqori Abdurashidxonovning taklifi bilan Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev va Sodiq Abdusattorovlar Toshkent shahar Dumasining 21-oktabrdagi majlisida universitet tashkil etish komissiyasiga kiritildi. Ularga universitet tashkil etishda musulmonlar manfaatini himoya qilish zarurligi uqtirildi. Shu tariqa, jadidlar oliy taʼlimning asosi – universitet tashkil etish uchun Toshkent shahar Dumasini ham ishga soldilar.

1989-yil (bundan 31 yil oldin) – Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinib, oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-apreldagi “Oʻzbek tili bayramini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 21-oktyabr Oʻzbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

2016-yil (bundan 4 yil oldin) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yana-da isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

2019-yil (bundan 1 yil oldin) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIYEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xoja Ubaydulloh Ahror qaysi shayboniy hukmdorga oʻz ismini qoʻygan edi?
Жамият
08:31 / 21:10:2020