Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot instituti xodimlari tomonidan ularning oylik ish haqidan shanbalik uchun pul mablag‘lari ushlab qolinayotgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi.

Ushbu holat Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish davomida Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2021 yil 15 sentyabrdagi buyrug‘i bilan xodimlarning ish haqidan pul mablag‘larini ixtiyoriy ravishda shanbalik uchun ushlab qolish belgilangani aniqlangan.

Mehnat kodeksining 164-moddasiga muvofiq, mehnat haqidan ushlab qolishga xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

Biroq institut rektorining yuqoridagi buyrug‘iga asosan 743 nafar xodimning sentyabr oyi uchun oylik ish haqidan 100 - 300 ming so‘mdan, jami 150 million so‘m mablag‘ avgust oyida o‘tkazilgan hashar munosabati bilan ushlab qolingan. Shundan 221 nafar xodimning ish haqidan ularning roziligisiz pul mablag‘lari ushlab qolingan.

O‘rganish natijasida 150 million so‘m pul mablag‘i institut xodimlariga to‘liq qaytarildi hamda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan institutning mansabdor shaxslari intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Adliya vazirligi ogohlantiradi: xodimning ish haqidan noqonuniy ushlab qolish qonunga zid. Bunga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi!

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xodimlardan ushlab qolingan 150 million so‘m adliya ko‘magida egalariga qaytarildi