Jadid bobolarimizning hayoti haqida va ular yaratgan ijodiy va ilmiy merosi haqida tasavvurga egamizmi? “Xodimi millat” vakillari deganda kimlar ko‘z oldimizga keladi? Umuman, jadidlarni nega o‘rganishimiz kerak?
Tarixiy manbalarda keltirilishicha, jadidchilik XIX asr oxiri – XX asr boshlarida paydo bo‘lgan. Harakat a’zolari o‘zlarini “taraqqiyparvar” va “ziyoli” deb atagan kishilar edi. Garchi harakat ichida jiddiy mafkuraviy kelishmovchiliklar bo‘lgan bo‘lsa-da, ular ta’lim sohasini isloh qilish hamda maktablarda “usul ul-jadid” yoki “yangi usul”ni tatbiq qilish va rivojlantirishga intilganlar. Haqiqat shuki, Turkiston jadidlari ijtimoiy tuzum, davlat to‘g‘risida muayyan konsepsiyaga, aniq qarashlarga ega bo‘lgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lClMjS08oi0" title="“Xodimi millat” vakillari ular kimlar bo‘lishgan?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>“Biz bugun mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat barpo etar ekanmiz, jadid bobolarimizning gumanistik qarashlariga tayanamiz, ularning merosidan ma’naviy kuch-quvvat olamiz” degan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Jadidlar merosini o‘rganishga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida.
bugungi kunda yurtimizda jadidchilik harakati tarixiga oid ilmiy tadqiqotlar, badiiy asarlar, kinofilmlar ko‘plab yaratilmoqda. Ulug‘ ma’rifatparvarlarimiz nomlari bilan ataladigan yodgorlik majmualari, ta’lim muassasalari, muzeylar, bog‘ va xiyobonlar barpo etilmoqda.
Jadidchilik va jadidlar hayoti haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida biz Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi Bahrom Irzayevga yuzlandik.
Intervyuning to‘liq shaklini O‘zAning "YouTube" kanalida ko‘rishingiz mumkin.
O‘tkir Alimov, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA