Huquqiy munosabat

Ish beruvchi bilan xodim o‘rtasida ayrim nizoli holatlar paydo bo‘lgani sababli ish beruvchi xodimni ishdan chetlatgani singari holatlar tez-tez qulog‘imizga chalinadi.

Amaldagi mehnat kodeksining 151-moddasiga ko‘ra, ishdan chetlashtirish xodimning mehnat majburiyatlarini, qoida tariqasida, ish haqi saqlanmagan holda bajarishga vaqtincha yo‘l qo‘ymaslikdir. Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Javohir Eshonqulov bu borada batafsil tushuntirish berdi.

– Qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda ta’siridan mastlik holatida ishga kelganida yoki ishda bo‘lganida, mehnatni muhofaza qilish sohasida o‘quvdan hamda bilim va ko‘nikmalari tekshiruvdan o‘tmaganda, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmaganda xodim ishdan chetlatilishi mumkin.

– Ish beruvchi xodimni qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirsa, qanday oqibatlarga olib keladi?

– Mehnat kodeksining 154-moddasi 3-qismiga asosan, agar xodim ish beruvchi tomonidan qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa, bunday xodimga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Agar xodim vakolatli davlat organlarining talabiga ko‘ra qonunga xilof ravishda ishdan chetlashtirilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan xodimga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanadi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinadi. Keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undiriladi.

– Mehnat shartnomasi qanday hollarda bekor qilinishi mumkin?

– Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari mehnat kodeksining 155-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, taraflarning kelishuvi, mehnat shartnomasi muddatining tugashi, mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish, mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilish, tashkilot mulkdorining almashganligi, uning qayta tashkil etilganligi, tashkilotning idoraviy taalluqliligi (bo‘ysunuvi) o‘zgarganligi munosabati bilan xodimning ishni davom ettirishi rad etilishi mumkin.

Shuningdek, xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi, xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun ko‘chishni rad etishi, xodimning tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan boshqa ishga o‘tkazishni rad etishi yoxud ish beruvchida tegishli ish bo‘lmagan taqdirda, taraflarning ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar, yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan o‘tmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish sabab bo‘ladi.

Ushbu Kodeks yoxud boshqa qonunlar alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida mehnatga oid munosabatlarni tugatishning qo‘shimcha asoslari to‘g‘risidagi shartni nazarda tutish imkoniyatini mustahkamlaydigan hollarda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarda amalga oshiriladi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xodim qanday hollarda ishdan chetlashtirilishi mumkin?