Huquqiy munosabat

Iyul oyida mehnat ta’tili olgan xodim avgust oyida o‘z hisobidan ta’tilga chiqsa bo‘ladimi?

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Jaloliddin Qo‘chqorov bu borada quyidagilarni ma’lum qildi: 

–Mehnat kodeksining 241-moddasiga ko‘ra, ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til tushuniladi.

Xodimning yozma arizasiga ko‘ra, unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Yuqoridagi normaga ko‘ra, ish beruvchi bilan kelisha olsangizgina o‘z hisobingizdan 1 yilda uch oygacha ta’til olishingiz mumkin. Ish beruvchi rozi bo‘lmasa ololmaysiz. Lekin, xodimning xohishiga ko‘ra, ish haqi saqlanmaydigan ta’til quyidagilarga majburiy tartibda beriladi:

— I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha, 

— ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga.

Shuningdek, o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha beriladi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xodim har yilgi mehnat ta’tilidan tashqari o‘z hisobidan qancha kunga ta’til olishi mumkin?