COVID-19 pandemiyasi dunyo futboli tizimini “ishdan chiqardi”.

COVID-19 pandemiyasi dunyo futboli tizimini “ishdan chiqardi”. Bahor-kuz uslubidagi mamlakatlar mavsumni hanuz boshlay olishmayapti, Kuz-bahor tizimidagilar esa davom ettira olmay halak. Shunday boʻlsa-da, bu boradagi ishlar batamom toʻxtab qolganicha yoʻq.

Imkoniyatdan kelib chiqib, Shotlandiya chempionati oxirigacha davom ettirilmadi, aksincha, mamlakat Premyer-ligasi rahbariyati mavsumning yakunlanganini eʼlon qildi-qoʻydi. Turnir jadvalidagi oʻrinlarni aniqlash oʻrtacha ochkolarni hisoblaydigan tizim qabul qilindi. Unga koʻra, “Seltik” “Reynjers”dan 13 ochko koʻp toʻplagan holda chempionga aylandi. Stiven Jerrard jamoasi esa ikkinchi oʻrin bilan chegaralandi. “Mazervall” va “Aberdin” jamoalari Yevropa Ligasida oʻynaydigan boʻldi. Kuchlilar qatorini esa “Xarts” tark etdi, aksincha, yuqori ligaga “Dandi Yunayted” ravona boʻldi.

Gretsiya va Rossiya chempionatlariga ham oydinlik kiritildi. Gretsiya superligasi direktorlar kengashi musobaqani 6-iyundan boshlab davom ettirish borasida qaror qabul qildi. Faqat bu hali hal boʻldi degani emas. Mazkur qarorni mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlashi lozim. Hammasi joyida boʻlsa va chempionat davom ettirilsa mavsum 19-iyul kuni yakunlanishi koʻzda tutilgan.

Rossiya chempionatining rasmiy sayti maʼlumotiga koʻra mamlakat chempionati 21-iyunda tiklanadi. Shunday boʻlgan taqdirda oʻyinlar 21-iyun va 22-iyul oraligʻida oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Tabiiyki, qolgan barcha oʻyinlari muxlislarsiz oʻtkaziladi.

Mavsum oxirida ikki klub chempionatni toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish oʻyinlarisiz tark etadi. Birinchi liga maqomida boʻlgan FNLning ikki klubi esa RPLga yoʻl oladi. Ular litsenziya talablarini bajargan boʻlishi kerak. Aks holda jamoalar Rossiya yuqori divizionida qatnasha olmaydi va ularning oʻrnini boshqa jamoa egallaydi. Bu borada RPLning oxirgi ikki pogʻonasini egallagan jamoalarga ustunlik beriladi. Shuningdek, Rossiya kubogi musobaqalarining ham tiklanishi borasida xabarlar bor. Kubok finali 25-iyul kuniga belgilangan.

Xoʻsh, 18-maydan mashgʻulotlarga kirishadigan, iyun oyidan esa chempionatini boshlaydigan Italiyada nima gap? “Football Italia” nashrining xabar berishicha, hukumat rahbari Juzeppe Konte mamlakat hududida barcha sport musobaqalari, shu jumladan, futbolni ham 14-iyungacha toʻxtatish haqida yangi qarorni imzoladi.

Agar 14-iyungacha Italiya chempionati davom ettirilmasa, mavsum muddatidan oldin yakunlanishi ehtimoli yuqori. Chunki aksariyat klublar mavsumni yakunlab qoʻyishni xohlashmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xoʻsh, futbolning taqdiri nima boʻlmoqda?
Спорт
18:16 / 20:05:2020