Majmuada shuningdek, qariyb 3 asrlik nodir qoʻlyozmalar saqlanib kelinmoqda.
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani “Yakkatom” mahalla fuqarolar yigʻinida Xoʻja kalon Abdulmoniy ziyoratgohi joylashgan.
Abdulmoniy hazratlari ilmu ziyo yoʻlida el eʼzoziga erishgan tabarruk zotlardan. Ul kishi hozir nomi qoʻyilgan jome masjidi ortidagi qabristonga dafn etilgan. Sagʻananing oldidagi imorat oʻsha vaqtdan beri chillaxona hisoblanadi.
Majmuada shuningdek, qariyb 3 asrlik nodir qoʻlyozmalar saqlanib kelinmoqda.
Ushbu bino va maqbara ayni kunda koʻhna koʻrkini saqlagan holda shu hudud savobtalablarining beminnat yordami va koʻmagi bilan taʼmirlanib, muazzam qiyofaga keltirilmoqda. Koʻhna majmuada muzey, kutubxona, hunarmandlar markazini tashkil etish rejalashtirilgan.


