Prezidentimiz Islom Karimovning 2012-yil 22-noyabrdagi "2013-2015-yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu qaror asosida bajarilayotgan ishlar vohaning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish sur’atlarini yanada rivojlantirish, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi korxonalarni ishga tushirish, aholi, ayniqsa, yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratish imkonini bermoqda. 

Tadbirkorlarning aytishicha, 50-60 oilaga xizmat ko‘rsatadigan oziq-ovqat do‘koniga kamida ikkita sovutgich va bitta muzlatgich zarur bo‘ladi. Shunday mahsulot ishlab chiqarishni reja qilgan xivalik tadbirkor Qudrat Ollaberganovning biznes loyihasi moliya muassasasi va tuman hokimligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, unga amaliy ko‘mak berildi. 

– Mahsulotimizning ilk namunalari Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 22-yillik bayrami arafasida ishlab chiqarildi, – deydi “Xiva maishiy texnika” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Q.Ollaberganov. – “Osiyo” savdo belgisi ostida chiqarilgan ellik donadan ortiq maishiy texnikamiz ayni kunda sinovdan o‘tmoqda.

– “Xiva maishiy texnika” sovutgichini ishlatib ko‘rdik, – deydi tadbirkor Mahmudjon Maksimov. – Energiya kam sarflaydigan bu buyumning narxi xorijda ishlab chiqarilganiga nisbatan ancha arzon, kerakli haroratga moslashtirish oson. Dizayni ham ma’qul. 

Bugun didi nozik xaridor talabiga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnikaga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Buni yaxshi bilgan “Xiva maishiy texnika” mutasaddilari xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘tgan qisqa davrda o‘ndan ziyod ishchi xorijda va Samarqandda tajriba oshirib qaytgani fikrimizni tasdiqlaydi. 

2015-yildan to‘liq ish boshlashi ko‘zda tutilayotgan ushbu korxona yiliga 10 ming dona zamonaviy sovutgich va muzlatgich ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda korxonada yig‘ilayotgan maishiy texnika vositalarining 30 foiz ehtiyot qismi shu yerning o‘zida tayyorlanmoqda. 2016-yilga qadar bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshiriladi. Shuningdek, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada korxona faoliyati yanada kengayib, yangi ish o‘rinlari yaratiladi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xivaning zamonaviy sovutgich va muzlatgichlari