Bu haqda Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti xabarida qayd etilgan.

Xitoyning “Chinese academy of Cultural heritage” tashkiloti tomonidan Xiva shahridagi “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasida joylashgan “Amir To‘ra” madrasasi, “Hasan Murod qushbegi” masjidi va “Zargarlar” ko‘chasining 500 metr ichkari yo‘lagida 9,5 million dollar investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi hisobiga rekonstruksiya va qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

“Ichan-qal’a” majmuasining shimoliy qismida, aholi istiqomat qiladigan hududda “Amir To‘ra” madrasasi joylashgan. Ushbu madrasa 1870 yil Amir To‘raning akasi Muhammad Rahimxon II (1863- 1910) tomonidan qurilgan. Madrasaning asosiy old qismi sakkiz qirrali tokcha hamda ikki qavatli qanot arkli baland portal ko‘rinishida bo‘lib, old qismining qolgan baland devorlari ham ikki qavatlilik ko‘rinishini ifoda etadi.

“Hasan Murod qushbegi” masjidi XVIII asr oxiri XIX boshlarida Bog‘cha darvoza yaqinida qurilgan. Mazkur masjid aka-ukalar Xasan Murod qushbegi bilan birgalikda Niyoz otaliq tomonidan mahalla ichida bunyod qilingan. Masjidda bir ustunli yozgi ayvon va gumbaz bilan bostirilgan bo‘lib, uning eshiklari islomiy naqshlar bilan bezatilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xivadagi turizm ob’ektlarini qayta ta’mirlash ishlariga xitoyliklar tomonidan 9,5 million dollar ajratildi