Xivada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi velosayr tashkil etildi (+video)
Urganch davlat universiteti rektori boshchiligida oliygoh rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda faol talaba-yoshlar ishtirokida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida qadimiy Xiva shahrida velosayr tashkil etildi.
Tarixiy muhit bag‘rida, erta tongning musaffo havosida o‘tgan mazkur tadbir ishtirokchilar uchun nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki jamoa o‘rtasida birdamlikni mustahkamlash, ijobiy kayfiyat va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

Ta’kidlanganidek, velosayr davomida har bir bosilgan masofa ishtirokchilarga jismoniy baquvvatlik bilan bir qatorda ichki xotirjamlik va yangi hafta uchun kuchli motivatsiya bag‘ishladi.
– Velosport nafaqat sport turi, balki sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi hisoblanadi, – dedi universitet rektori Feruza Madrahimova. – U inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, ijtimoiy faollikni ham oshiradi. Zero, sog‘lom tanda – sog‘lom aql. Sog‘lom muhit esa yuqori ish unumdorligi va katta yutuqlarning garovidir.

Qayd etilishicha, bunday tadbirlar universitet jamoasi hayotida yaxshi an’anaga aylanib bormoqda. Endilikda haftaning muayyan kunlarida muntazam tashkil etiladigan velomarafonlar sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish hamda mehnat samaradorligini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/a7wtBGAB1Rw" title="Xivada sog`lom turmush tarzini targ`ib etuvchi velosayr tashkil etildi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri