Ro‘yxatdan o‘tish va samolyotga chiqish tizimi boshqaruviga uyushtirilgan kiber hujum Yevropaning bir necha yirik aeroporti, jumladan qit’aning eng gavjum maskanlaridan biri bo‘lgan Londondagi Xitrou aeroporti faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi. Natijada kecha juda ko‘p reyslar kechikdi yoki bekor qilindi.
"Reuters" xabariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab aeroportlarda bir necha aviakompaniya uchun tizim provayderi – "Collins Aerospace" yo‘lovchilar kechikishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnik muammoga duch kelganini tan oldi.
Hujumdan Bryussel va Berlin aeroportlari ham zarar ko‘rgani ta’kidlangan.
– Zarar yo‘lovchilarni elektron ro‘yxatga olish va yukni topshirish bilan cheklangan va muammo qo‘lyozmada ro‘yxatdan o‘tkazish orqali hal qilinadi, – deyilgan bayonotda. – Vaziyat parvoz jadvaliga jiddiy ta’sir qiladi.
Hodisa oqibatida 10 dan ziyod parvoz bekor qilingani, uchish bir soatga yaqin kechikayotgani haqida xabar berilgan.
M.Pirmatova, O‘zA