Mamlakatimizda turizm sohasini jadallashtirish, sayyohlik manzillarini mehmonlar uchun munosib tayyorlash bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘plab mamlakatlar qatori Xitoy fuqarolarining O‘zbekiston durdonalarini tomosha qilishga ishtiyoqi baland.
Shanxay shahrida tashkil etilgan “O‘zbekiston – Ipak yo‘li durdonasi” turizm taqdimoti doirasida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev va “China Comform Tourism” guruhi rahbari Chj.Nan o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi, deyiladi Turizm qo‘mitasi ma’lumotida.
Uchrashuvda Xitoyda xorijga sayohat bo‘yicha yetakchi turoperatorlaridan biri “CCT” guruhi joriy yil O‘zbekistonga 50 ming nafar xitoylik sayyohni yuborish rejasini ma’lum qildi. Ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun kerakli tadbirlar va olib boriladigan targ‘ibot ishlari belgilab olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1984 yilda tashkil etilgan “CCT” turizm guruhining Xitoyda 300 ta filiali va 3000 dan ortiq sotuv ofislari mavjud. Yillik daromadi 1,5 milliard AQSH dollarini tashkil etadi.
A.RUSTAMOV, O‘zA