Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi matbuot xizmatining OʻzAga maʼlum qilishicha, shu kunlarda Xitoyning Sian shahrida Oʻzbekiston mahsulotlarining koʻrgazma maydoni ochilishi kutilmoqda.

Qayd etilganidek, jamgʻarma vakillari Xitoyning Shanxay shahrida 5-10 noyabrda oʻtkazilgan xalqaro “China International Import Expo 2018” koʻrgazmasida ishtirok etishgan.

Mazkur koʻrgazmada Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan eksportbop mahsulotlar, xususan qandolat mahsulotlari, quritilgan mevalar, tayyor tekstil, alkogol mahsulotlari namoyish qilingan. Shuningdek, tadbir doirasida yurtimiz tadbirkorlariga oʻz mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorga olib chiqish, marketing tadqiqotlari oʻtkazish, tovar reklamasi va brendlashtirish yordamida xaridor topishga koʻmaklashish maqsadida jamgʻarma va “Shansi” erkin savdo zonasi maʼmuriyati oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston mahsulotlarining Xitoy bozorlariga eksport qilinishi yuzasidan muzokaralar olib borilgan. Tomonlar oʻtkaziladigan koʻrgazma, yarmarkalar hamda Xitoy bozori boʻyicha marketing tadqiqotlari bilan muntazam ravishda maʼlumot almashish haqida ham kelishuv erishgan. Shuningdek, Xitoy savdo zonasi maʼmuriyati tomonidan jamgʻarmaga begʻaraz 500 kvadrat metr koʻrgazma maydonda “show room” uchun joy ajratilgan. Hozirgi vaqtda “show room“ning qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. 30 noyabrga qadar koʻrgazma maydonida milliy va eksport mahsulotlari bilan toʻldirish rejalashtirilgan.

Jamgʻarma matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, 22,62 kvadrat kilometr maydonni egallagan Xitoy erkin savdo zonasining funksional qismida erkin tijorat olib boriladigan xalqaro ichki port qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, uning faoliyati asosan xalqaro savdo-sotiq, zamonaviy logistika, moliyaviy xizmatlar, elektron tijorat, koʻrgazma-yarmarkalar oʻtkazish, shuningdek, “Bir belbogʻ, bir yoʻl” doirasida xalqaro tranzit port ishini yoʻlga qoʻyishga qaratiladi.

Sian shahrini Markaziy Osiyo va Yevropa bilan bogʻlaydigan “Chanʼan” xalqaro yuk tashuvchi poyezdi orqali Oʻzbekiston mahsulotlarini “Shansi” erkin savdo zonasiga tez va qulay yetkazib berish mumkin. Bunda Direksiya tomonidan 50 foiz chegirma taqdim etilmoqda. Shu munosabat bilan jamgʻarma Xitoy bozorida oʻz mahsulotlarini sotish va qoʻshimcha reklama qilishni xohlagan barcha mahalliy xoʻjalik yurituvchi subyektlarni hamkorlik qilishga taklif etadi.

Maʼlumot oʻrnida, jamgʻarma Xitoyning Shansi provinsiyasida yana bitta vakolatxona ochishni rejalashtirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning Sian shahrida Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazma maydoni ochiladi