Bugun XXRning Xunan viloyatidagi Shanchjou pirotexnika zavodida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8:23 da yuz bergan. Bu haqda “China Daily” nashri xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, mazkur voqeada 2 kishi bedarak yo‘qolgan, 9 kishi jarohatlangan. Vaziyatni boshqarish uchun mamlakat favqulodda vaziyatlar guruhlari, jumladan, o‘t o‘chiruvchilar, politsiya va sog‘liqni saqlash xodimlari safarbar qilingan.

Mahalliy hukumat jarohatlanganlarning hayotiga xavf soladigan alomatlar yo‘qligini aytmoqda.

“CGTN” telekanalining ma’lum qilishicha, hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda va tez orada ma’muriy tergov o‘tkazilishi belgilangan.

Xunandagi mazkur voqea portlovchi moddalarni ishlab chiqarish va saqlash bilan bog‘liq sanoat ob’ektlarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi. 

Endilikda XXR hukumati bunday hodisalarga alohida e’tibor qaratib, kelajakda xavf-xatarni kamaytirish maqsadida shu kabi korxonalar ustidan nazorat va tekshiruvlarni kuchaytirmoqchi.

A.Xidirov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyning Shanchjou pirotexnika zavodida portlash sodir bo‘ldi