Xitoylik sobiq amaldor umrbodga qamaldi
BugunTyanszin shahri Birinchi Xalq sudi Xitoy Kommunistik partiyasi siyosiy byurosining sobiq a’zosi Sun Chjensayni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.
BugunTyanszin shahri Birinchi Xalq sudi Xitoy Kommunistik partiyasi siyosiy byurosining sobiq a’zosi Sun Chjensayni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar tarqatdi.
Sud hukmi o‘qib eshittirilgandan so‘ng, sobiq amaldor o‘z aybiga to‘liq iqrorligi, qilgan jinoyatidan pushaymondaligi, sud adolatli qaror chiqargani va hukm ustidan shikoyat qilmasligini ma’lum qilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, Sun Chjensay siyosiy huquqlaridan mahrum qilindi va uning mol-mulki musodara bo‘ladi
O‘tgan yilning dekabr oyida Xitoy Xalq Oliy prokuraturasi Sun Chjensayni korrupsiya bilan shug‘ullanganlikda gumon qilib, surishtiruv ishlarini boshlagan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra gumondor o‘z xizmat vazifasini suiiste’mol qilib, 170 million yuan (27 million dollar atrofida) pora olgan bo‘lgan. Jinoyat ishining shu yil 12 aprel sanasida o‘tkazilgan birinchi eshituvida Sun Chjensay qo‘yilgan aybni bo‘yniga oldi.
Surishtiruv-tergovga qadar Sun Chjensay Xitoy Davlat Kengashi rahbarligiga nomzodlar ro‘yxatida bo‘lgan.